09 мая 2016

O'zbekistonda joriy yilda yana 5ta xususiy telekanal ochilishi borasida ishlar boshlanadi.

O'zbekistonda joriy yilda yana 5ta xususiy telekanal ochilishi borasida ishlar boshlanadi.  

Bugungi kunda O'zbekistonning 68,8 foiz aholisi raqamli televideniedan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu orqali yurtimiz aholisi 12ta raqamli telekanallarni («O'zbekiston», «Yoshlar», «Toshkent», «Sport», «Oilaviy», «Bolajon», «Navo», «Madaniyat va ma'rifat», «Diyor», «Dunyo bo'ylab», «Kinoteatr» va «Mahalla») kuzatishi mumkin.O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2003 yilda tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda o'z atrofiga 100dan ortiq nodavlat elektron OAVni birlashtirgan. O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari qatorida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi demokratik islohotlar jarayonlarini, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining "Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat” qurilishi yo'lidagi ishtirokini yoritishda faol qatnashib kelmoqda.
O'zEOAVMA tomonidan a'zo nodavlat teleradiostantsiyalar ishtirokida har yili an'anaviy tarzda ishlab chiqiladigan Nodavlat teleradiouzatuvchilarning Rivojlanish dasturlari doirasida turli yo'nalishlarda jami 80dan ortiq loyihalar amalga tatbiq etildi.
2014 yilning aprelida «Jahon matbuoti erkinligi kuni»ga bag'ishlab o'tkazilgan media-kunlar davomida yosh jurnalistlar, O'zEOAVMA a'zolari hamda bir qator yoshlar tashkilotlari tomonidan endilikda teletomoshabinlar «MY5» logotipi ostida ko'rishlari mumkin bo'lgan yangi «Mening yurtim» telekanal faoliyatini yo'lga qo'yish borasida taklif kiritilgan edi.
2014 yilning 12 noyabrda telekanal ish boshladi va shu yilning dekabrida uning taqdimoti o'tkazildi. Bu haqda  O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi  (O'zEOAVMA) boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ma'lum qildi.
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzaxda NNTlar milliy forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda NNTlar milliy forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Jizzaxda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari IV milliy forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Jizzaxda NNTlarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini sifatli bajarilishi kafolati mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda NNTlarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini sifatli bajarilishi kafolati mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2015 yilning 21 iyul kuni Jizzaxda "Davlat boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sherikligi – NNTlarning dasturlari, jamoat va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga bag’ishlangan seminar bo’ldi

Jizzaxda Davlat dasturlarini amalga oshirishda NNTlar faolligini oshirishga  bag’ishlangan seminar bo’ldi
 Seminarda jamiyatimiz hayotida NNTlarning o’rnini kuchaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy faolligini oshirish, davlat hokimiyati organlari o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash bilan bog’liq