07 мая 2016

Uchariq mahallasida saylov o’tkazildi

Mazkur fuqarolar yig’ini nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizda o’ziga xos o’ringa ega hudud sanaladi. Shu boisdan ham ko’rgazmali saylov uchun aynan shu mahalla tanlanib, unga Jizzax shahri fuqarolar yig’inlaridagi ishchi guruhlarining raislari, barcha qatlamdagi deputatlar taklif etildi.

Ko’rgazmali saylovda viloyat hokimining o’rinbosari Zufar Narzullayev so’zga chiqib, mazkur muhim siyosiy jarayon vohamizda birinchi bo’lib "Uchariq” MFYda boshlanganligini ta’kidladi. Shahardagi barcha fuqarolar yig’inlaridagi ishchi guruhlari rahbarlari saylovini tashkil etish yuzasidan bu yerda to’plangan tajribalarni bevosita o’z hududlarida tatbiq etishlari lozimligini aytdi.

Saylov taqdirlash marosimi bilan boshlanib, shu mahallani 18 yil uzluksiz boshqargan, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan Umarqul Qobilovga viloyat va shahar hokimliklari tomonidan esdalik sovg’asi topshirildi.

"Uchariq” MFY1980 yilda tashkil etilgan bo’lib, mustaqillik yillarida Jizzax viloyatidagi eng ilg’or o’zini o’zi boshqarish idoralaridan biriga aylandi. Viloyat, respublika miqyosida o’tkazilgan qator ko’rik-tanlovlarda uchariqliklarga omad kulib boqdi.

Fuqarolar yig’ini raisi va maslahatchilari sayloviga tashrif buyurgan vakiillar chehrasiga boqib shu narsani anglash mumkin edi: ular o’z mahallari taqdiriga befarq emaslar. Bugungi saylov mahallaning kelgusi istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini vakillar tiyran his etishadi.

Ishchi guruhining raisi Solijon Qobilov boshqarib borgan siyosiy tadbir qonun talablari asosida o’tkazilganligi bois barchada katta qiziqish uyg’otdi. Ayniqsa, mahalla raisligiga ko’rsatilgan nomzodlar dasturini tinglashga, ulrani chuqur tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Axir, mahalla institutining o’rni va nufuzi tobora oshib borayotgan bugungi kunda yig’in raisidan juda katta tashkilotchilik, tashabbuskorlik, fidoyilik talab etiladi. Aynan ana shu fazilatlar Qosimjon Oqilovda mujassam ekanligiga ishonch hosil qilgan mahalladoshlari uni ko’pchilik ovoz bilan o’zlariga yetakchi qilib saylashdi.

– Menga yuksak ishonch bildirib, mahalla fuqarolar yig’ini raisligiga saylagan vakillariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman, – dedi tadbirda so’z olgan Qosimjon Oqilov. –Butun kuch va qobiliyatim, bilimim, mahoratimni elimga, yurtimga, mahallamga bag’ishlab, hududimizni respublikadagi eng namunali maskanga aylantirishga va’da beraman.

Saylov jarayonida alohida obro’ e’tiborga, hayotiy tajribaga ega 7 nafar kishi mahalla maslahatchilari etib saylandi. Jizzax davlat pedagogika institutining professori Umarqul Rahmonqulov, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati Xidir Shukurov, saylovni tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasining raisi Bahrom Mamajonov va boshqalar so’zga chiqishib, saylov demokratik talablarga binoan o’tkazilganligini ta’kidlashdi


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Saylov oldi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda

Saylov oldi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida davlat va jamiyat hayotini yanada demokratlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash yo‘lida bir qancha ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

Hamkorlikning amaliy natijalari

Hamkorlikning amaliy natijalari
 Shu yilning may-iyun oylarida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon—fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi bo’lib o’tadi.