07 мая 2016

“Orasta qizlar” to’garagi tadbirlari davom etmoqda

"Sog’lom ona va bola yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlash yuzasidan Xotin-qizlar qo’mitasining mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning aprel-may oylarida respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kolleji va akademik litseylarida "Orasta qizlar” to’garaklari orqali o’tkaziladigan targ’ibot tadbirlari ko’tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Kuni kecha shahrimizdagi 22-sonli umumta’lim maktabi va Jizzax pedagogika kasb-hunar kollejida "Vatan bo’lmas Vatandan tashqarida” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.

“Orasta qizlar” to’garagi tadbirlari davom etmoqda

 “Orasta qizlar” to’garagi tadbirlari davom etmoqda

 “Orasta qizlar” to’garagi tadbirlari davom etmoqda

 Uchrashuvda shahar Xotin-qizlar qo’mitasi, mahalla fuqarolar yig’ini maslahatchilari va faol xotin-qizlar, "Orasta qizlar to’garagi a’zolari, ta’lim muassasalari o’qituvchi hamda o’quvchi qizlar ishtirok etdi.

Davra suhbatidan ko’zlangan asosiy maqsad,xalqimizning har bir vakili, har bir fuqaro ongiga Vatanni sevmoq, Vatan uchun butun kuch-g‘ayratini bag‘ishlash, Vatanning sha'n-shavkati, nomi, mavqeyi bilan g‘ururlanish xislatlarini singdirishdan iborat.

Davra suhbati davomida viloyat "Istiqlol avlodi” NNT trenerlari tomonidan "Odam savdosiga qarshi kurashish” mavzusida seminar-trening ham o’tkazildi.

 Unda yoshlarga xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyati to’laqonli tushuntirildi. Yoshlarni yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e'tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor berilib, bu borada yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Qizg’in bahs-munozara ko’rinishida o’tgan davra suhbatida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Iqtidorli qizlar bilan davra suhbati

Iqtidorli qizlar bilan davra suhbati
Bugun Jizzax Davlat politexnika institutida "E'zozlar uchun tashakkur” nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Dilbar Soatova olib bordi.  

Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga barcha mas’ul

Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga barcha mas’ul
Jizzax Huquqshunoslik kollejida "Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod, diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash” mavzuida  Jizzax  viloyat hokimligi va

Jizzaxda “Sog‘lom hayot sari” yoshlar aksiyasi tashkil etildi

Jizzaxda  “Sog‘lom hayot sari” yoshlar aksiyasi tashkil etildi
Jizzax shahridagi "Mustaqillik” maydonida Jizzax shahar xotin-qizlar qo‘mitasining "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” loyihasi doirasida ijtimoiy hamkorlikda "Sog‘lom hayot sari” deb nomlangan