07 мая 2016

Keksalari e’zozlangan yurt

 Jannatmakon yurtimizning keksalari e’zozda, yoshlari doim e’tiborda.

Tinchlik - oliy ne’mat. U ko’plab ezgu ishlar debochasidir. Tinchlik, osoyishtalik yo’lida qilingan har qanday xizmat esa asl Vatanparvarlik hisoblanadi.

   Ko’ksida vatanparvarlik hissi jo’sh urgan ota-bobolarimiz ikkinchi jahon urushida mardonavor kurashishdi, ularning ko’pchiligi janggohlarda halok bo’lishdi. Ko’pchilik boshiga kulfatlar solgan, otasi, jufti-haloli, bobosidan ayrilgan insonlarning cheksiz nafratiga sabab bo’lgan urush afsuski, ko’p yurtdoshlarimizni oramizdan olib ketdi. Ularning porloq xotirasi va ezgu ishlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi. Qaytnomalarga nomi zarhal harflar bilan bitilgan urush qatnashchilari yoshlarimiz, kelajak avlod uchun katta ibrat maktabi vazifasini o’taydi.

Ayni paytda Jizzax shahri hududida 14 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istiqomat qilmoqda. 9 may – "Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan shahardagi har bir urush qatnashchilari xonadonlariga shahar hokimi A.Qobilov, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o’quvchi yoshlar, harbiy xizmatchilar tashrif buyurib ular bilan suhbatda bo’lishdi.

 "Beixtiyor urush yillaridagi daxshatlar qulog’im ostida jaranglaydi. Shunda meni bag’rimga otilgan, quvonchdan ko’zlari chaqnab turgan nabiralarimga qarab, shunday dorilamon kunlarga shukr qilaman”- ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yusuf bobo Tursunov.

 Bayram munosabati bilan muxtaram yurtboshimiz farmonlariga muvofiq shahrimizdagi har bir urush qatnashchisiga 800.000 so’m pul mukofoti, Jizzax shahar hokimligi va davlat va jamoat tashkilotlarining qimmatbaho sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

 

 Keksalari e’zozlangan yurt

 Keksalari e’zozlangan yurt

 Keksalari e’zozlangan yurt

  Keksalari e’zozlangan yurt

  Keksalari e’zozlangan yurt

 Keksalari e’zozlangan yurt

 Keksalari e’zozlangan yurt

 

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda

Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda
9- may "Xotira va qadrlash kuni” Qassoblik mahallasida istiqomat qiluvchi Holmat bobo Sharipov bu yil 92 yoshni qarshi oldilar. O‘zining mehnatsevarligi, samimiyligi va rostgo‘yligi bilan mahallada

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni  9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni