04 мая 2016

Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda

  Qassoblik mahallasida istiqomat qiluvchi Holmat bobo Sharipov bu yil 92 yoshni qarshi oldilar. O‘zining mehnatsevarligi, samimiyligi va rostgo‘yligi bilan mahallada hurmat qozongan Holmat bobo dolg‘ali urush paytlarida qahramona xizmat qilgan. 1991 yil Xolmat boboning azaliy orzulari ruyobga chiqib, xalqimiz mustaqillikka erishdi. Shukrki, yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukmron.

  Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda

  Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda

   "Men urushda bo‘lganman. Uning azobu mashaqqatlarini totganmiz. Menga qolsa, o‘sha urush yillarini hech qachon eslashni xohlamas edim. Tinchligi bor davlatga bayramlar yarashadi. Tinchlik bor yerda oilalar farovon hayot kechirashadi. Nabiralarimiz atrofimizda shod o‘ynab kulishadi. Bundan ortiq baxt bormi? Shunday ekan, tinchligimiz hamisha barqaror bo‘lsin”, deydi qo‘llarini duoga ochgan otaxon. 

    9 may – "Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Holmat bobo xonadoniga mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla faollari, o‘quvchi yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurdi. Yig‘ilganlar tomonidan qutlug‘ bayram munosabati bilan she'r va qo‘shiqlar, ajoyib tilaklar jarangladi.

  Uch qiz, bir o‘g‘ilning otasi Holmat bobo bugun 40 ga yaqin nabira va 20 ta evaralarning sevimli bobojonisi. Uning oila a'zolari va nabiralari turli sohalarda faoliyat yuritib el koriga yarab kelishmoqda. 

     Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda

     Jizzaxda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari taqdirlanmoqda

    Uchrashuvda viloyat hokimi S.Ismailov hamda shahar hokimi A.Qobilov ishtirok etishdi. Yig‘ilganlar urush qatnashchisi bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. 

   Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan Holmat Sharipovga muhtaram yurtboshimizning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni muvofiq 800.000 so‘m pul mukofoti hamda tegishli tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ulug‘ vatan urushi qatnashchilarini taqdirlash, ehtirom ko‘rsatish, ularning na'munali yo‘lini yoshlarga ibrat sifatida ko‘rsatish - oliy saodat.

  Aytib o‘tish joizki, bayram munosabati bilan urush qatnashchilarini taqdirlash tadbirlari shahrimizning barcha hududlarida ko’tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

 

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni  9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni

Abdujalil otaning o‘gitlari

Abdujalil  otaning o‘gitlari
Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy fazilatdir. Ayniqsa, umrini Vatan himoyasiga, yurt taraqqiyotiga bag‘ishlagan kishilarni xalqimiz boshiga ko‘tarib, hamisha

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navro’z” shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel bog’lagan "Mahalla” xayriya