04 мая 2016

“Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma'rifat va ma'naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yakunlandi

Bugun Jizzax shahrida "Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma'rifat va ma'naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, mazkur ko‘rik-tanlovni Respublikamizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazish an'ana tusiga kirgan. Tanlovni kirish so‘zi bilan ochdi.

 “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma'rifat va ma'naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi  yakunlandi

 “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma'rifat va ma'naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi  yakunlandi

 "Mahalla” hayriya jamoat fondi shahar bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tanlovda hududlardan saralangan jami 12 nafar ishtirokchilar qatnashishdi.

 Ko‘rik tanlovning maqsadi - "Fuqarolar yig‘inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini joylarda to‘laqonli ta'minlash, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar tomonidan fuqarolar yig‘ini hududidagi aholida, birinchi navbatda, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli milliy, diniy an'analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish, ma'naviy muhit barqarorligini hamda millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni o‘rganish, ularni rag‘batlantirish va munosib taqdirlash, shuningdek, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iboratdir.

Mahalla maslahatchilari uchta shart bo‘yicha bellashishdi.

      “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma'rifat va ma'naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi  yakunlandi

      “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma'rifat va ma'naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi  yakunlandi

 "Mahalla - xalq vijdoni. Mahallalarni har jihatdan barqaror bo‘lishida uning asosiy ko‘makchisiga aylangan, el dardini o‘zining dardi deb bilgan, fuqarolarning murojaatlariga mas'uliyat bilan yondashuvchi mahalla maslahatchilarining o‘rni katta. Bu yo‘lda xormay tolmay mehnat qilayotgan, ko‘pchilikka na'muna bo‘lgan maslahatchilar keng jamoatchilik uchun ko‘zgu vazifasini o‘taydi desam aslo adashmayman”, "Mahalla” hayriya jamoat shahar bo‘limi bosh mutaxassisi Malohat Tojiboeva

 Tanlov natijalariga ko‘ra, Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi Oftoboy Nishonova birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Mahallalarda"Fidoiylar guruhi' shakllanmoqda

Mahallalarda
Ma’lumki, ko‘plab sohalarning rivojlanishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar

“Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi 1-son musiqa va san’at maktabida  "Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Xalqobod MFY maslahatchisi eng namunali maslahatchi tanlovida g’olib bo’ldi

Xalqobod MFY maslahatchisi eng namunali maslahatchi tanlovida g’olib bo’ldi
"Eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi” ko‘rik-tanlovining Jizzax shahar bosqichi o‘tkazildi.