28 апреля 2016

Barcha tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga

Jizzax viloyati hokimligining 2016 yil 15 apreldagi 04-396-sonli xatida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7-apreldagi 06-03-27-15- sonli topshirig’ida, charm poyabzal sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berilishda qulayliklar yaratish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, tarmoq korxonalari o’rtasida hamda chet ellik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, mahsulotlar eksporti hajmini ko’paytirish maqsadida "O’zbekcharmpoyabzali" uyushmasi tomonidan 2016 yil 18-20 may kunlari Toshkent shahridagi "Kamolot yoshlar ijodiy saroyi" binosida tashkil etilishi rejalashtirilgan "Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar-2016" V Xalqaro sanoat ko’rgazma yarmarkasida ishtirok etish uchun, Jizzax shahridan mahalliy korxonalar taklif etilgan.

Ushbu yarmarkada respublika korxonalari va chet el kompaniyalarida ishlab chiqarilgan yangi charm, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari hamda ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan hom-ashyo va materiallar, dastgohlar va aksessuarlar namoyish qilinadi.

Shuningdek, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar chet el kompaniya va firmalarining poyabzal va teri sohasida erishgan yutuqlari yuzasidan ko’rgazmali seminarlar tashkil etiladi. Ko’rgazma davomida chet ellik hamkorlar bilan mahsulotni sotib olish yoki sotish bo’yicha o’zaro shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan ushbu yarmarkada ishtirok etishingiz so’raladi.

Shahar hokimining

o‘rinbosari G‘.Xidirov


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

E’LON

E’LON
Barcha tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga  

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat korxonalari rahbarlariga

Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat korxonalari rahbarlariga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi "2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasini tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Jizzax maxsus industrial zonasida yana uchta sanoat korxonasi ishga tushirildi

Jizzax maxsus industrial zonasida yana uchta sanoat korxonasi ishga tushirildi
Aytish joiz, mazkur korxonalar "O’zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Ularning ochilish marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimining o’rinbosari Rustam Kenjayev bundan