27 апреля 2016

Jizzax shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

2016 yilning 27 aprel kuni Jizzax shahar hokimligida "Jizzax: kecha va bugun, shaharsozlikni rivojlantirish, shaharda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar rivojlanishning muhim omili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumaniga mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birga Respublika nashrlarining viloyat muxbirlari taklif etildi.

 

Jizzax  shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

 

Jizzax  shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

 

Matbuot anjumani 2015 yil yakunlari, shuningdek, joriy yilda shahar hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, shaharsozlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Ta'kidlash joizki, muhtaram yurtboshimizning2015 yil 25 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2458-sonli, qaroriga asosan shaharda 12 ta ijtimoiy soha va infratuzulma ob'ektlarida barcha moliyaviy manbalar hisobidan umumiy qiymati 22 mlrd. 239 mln. so‘mlik yangi qurilish, rekonstruksiya va ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan:

1. Sog‘liqni saqlash muassasalari:

- Jizzax shahri hududida joylashgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (boshqa obyektlarni qurish)ni rekonstruksiya qilish-1 mlrd 500 mln so‘m;

2. Umumta'lim maktab muassasalari:

- shahardagi 1-maktab filiali (240 o‘quv o‘rinli yangi o‘quv binosi va 9x18 o‘lchamdagi sport zal qurilishi bilan)ni rekonstruksiya qilish - 2 mlrd 241,9 mln. so‘m;

- shahardagi 16-maktabni mukammal ta'mirlash - 800 mln.so‘m;

3. Kasb-hunar ta'limi muassasalari:

- Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji (ustaxona va 150 o‘rinli oshxona qurilishi) ni rekonstruksiya qilish - 1 mlrd 500 mln so‘m;

- Pedagogika kasb-hunar kolleji (200 o‘rinli oshxona qurilishi va 300 o‘rinli yotoqxonani mukammal ta'mirlash)ni rekonstruksiya qilish - 2 mlrd 500 mln so‘m;

- Transport va aloqa kasb-hunar kolleji (200 o‘rinli yotoqxona qurilishi) ni rekonstruksiya qilish-2 mlrd 500 mln so‘m;

- Yengil sanoat kasb-hunar kolleji (2-bosqich)ni mukammal ta'mirlash - 600 mln.so‘m;

- Jizzax politexnika instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyi (200 o‘rinli yotoqxona qurilishi) ni rekonstruksiya qilishga 2 mlrd 500 mln so‘m;

- Jizzax politexnika instituti yangi (700 o‘rinli o‘quv) binosini qurish-6 mlrd 200 mln so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 dekabrdagi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2447-sonli, viloyat hokimining 2015 yil 17 dekabrdagi 319-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash hamda Jizzax shahrini sanitar tozalash tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish hisobiga kelgusida aholi turmush tarzining sifatini oshirish, ularning yashash sharoitini, sanitariya-epidemilogik va ekologik holatlarni yaxshilash maqsadida 2015 yil 8 sentyabrda Osiyo taraqqiyot banki direktorlar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida "Jizzax shahrining kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli mablag‘lari hisobidan maxsus qarz berish huquqi bilan 75, mln. AQSh dollari ekvivantida O‘zbekiston ulushi 16 mln Aqsh dollarida qaytarish muddati 25 yil, imtiyozli davri besh yilgacha bo‘lgan mablag‘ berilishi ta'minlandi. Loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2016-2020 yillar) qilib belgilangan.

 

Jizzax  shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

 

Jizzax  shahar hokimi A. Qobilov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentyabrdagi "2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun Jizzax shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risi”dagi 266-sonli qaroriga asosan Jizzax shahrining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda yo‘l transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan. Ayni paytda shahar hududida belgilangan chora tadbirlar yuzasidan keng ko‘lamdagi qurilish jarayonlari, yangi binolar, ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.

2016 yilning "Sog‘lom ona va bola yili” deb e'lon qilinganligi yurtimizda ona va bola salomatligini mustahkamlash borasidagi muhim qaror bo‘ldi. Jizzax shahrida "Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturini amalga oshirishda tizimli ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish, xotin-qizlarning turmush sharoitini yanada yaxshilash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Matbuot anjumani davomida shahar hokimi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzax viloyat hokimi S.Ismailov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Jizzax viloyat hokimi S.Ismailov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi
2016 yilning 13 fevral kuni Jizzax viloyat hokimligida "2015 yil davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining bajarilishi hamda "Sog‘lom ona va bola yili”da

Jizzax shahri va Zomin tumani markazini qayta qurish uchun qancha mablag’ sarflandi?

Jizzax shahri va Zomin tumani markazini qayta qurish uchun qancha mablag’ sarflandi?
Jizzax shahrida qayta qurish va obodonlashtirish ishlari uchun 2014-2017 yillarda 1148,5 mlrd so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Unga ko’ra, Jizzax shahrining bosh rejasi

G'ururi baland jizzaxliklar

G'ururi baland jizzaxliklar
 Jizzax shahar hokimligida faollar yig’ilishi bo’ldi. Unda Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faollik ko’rsatgan korxona va tashkilotlar, muassasalar