26 апрель 2016

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni

 

9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:
1. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 800.000 (sakkiz yuz ming) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta'minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot” O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, "Nuroniy” va "Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha'nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma'rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsin.
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2016 yil 18 aprel

 

 

 


 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi
Ayni shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2015 yil 19 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasi fuqarolari — 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navro’z” shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel bog’lagan "Mahalla” xayriya
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: