26 апреля 2016

Jizzaxda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning birinchi chorak yakunlariga bag’ishlangan faollar yig’ilishi bo’ldi

Viloyat hokimligida viloyat faollarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda "2016 yilning birinchi choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va joriy yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari hamda ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholash to’g’risida ”gi masala muhokama qilindi.

2016-01-22_110323Faollar yig’ilishida viloyat hokimi Sayfiddin Ismailov so’zga chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil birinchi choragi yakunlariga bag’ishlangan majlisi tafsilotlariga to’xtaldi. Joriy yilning birinchi choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari haqida batafsil fikr yuritib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlarga tahliliy-tanqidiy nuqtai nazardan baho berdi.

– Viloyatda yalpi hududiy mahsulotning o’sish sur’ati 8,6 foizni tashkil qildi,—deya ta’kidlandi yig’ilishda.—Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 10,5 foizga, qurilish ishlari 12 foizga, qishloq xo’jaligi 6,6 foizga, xizmat ko’rsatish hajmi 17,1 foizga o’sdi. Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznesni rivojlantirish chora-tadbirlari natijasida 2016 yilning o’tgan 3 oyi mobaynidayalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 61,6 va xizmatlarning ulushi 56,7 foizni tashkil etgan.

Bandlik dasturi doirasida 7094 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Viloyat iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi.

Xususan, sanoat sohasida 16,7 mlrd so’m mablag’lar sarflanib 30 ta loyihalar amalga oshirildi, jumladan 11 ta mavjud korxonalar modernizatsiya qilindi. Natijada viloyatda qo’shimcha 21,8 mlrd so’mlik hamda 18 turdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

Sanoat sohasida Jizzax MIZdagi "Ekoklimat” korxonasida yiliga 10 ming tonna shisha toladan issiqlik saqlash mahsulotlari, Jizzax shahridagi "Haqiqat-Otabek” korxonasida 27 ming kvadrat metr oynaga ishlov berish, "Elektro elant fayz” korxonasida 120 dona elektr transformatorlari ishlab chiqarish, G’allaorol tumanidagi "Karshan ideal texno” korxonasida 50 ming tonna asfal’t, "Nargiza teks” korxonasida kengaytirish ishlari bajarilib qo’shimcha 400 ming dona tayyor trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

Shuningdek xizmat ko’rsatish sohasida 161 ta loyihalar amalga oshirilib, aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo’lgan yangi turdagi aloqa-axborotlashtirish, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, ayollar uchun go’zallik salonlari, tibbiyot va sog’lomlashtirish xizmatlari, turizm va mehmonxona xizmatlari rivojlantirildi.

Qishloq xo’jaligi sohasida 165 ta jumladan, chorvachilik sohasida 21 ta, parrandachilik sohasida 2 ta, baliqchilikda 8 ta, asalarichilikda 3 ta loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek intensiv agrotexnologiyalarga asoslangan 352 gektar bog’ va 374 gektar tokzorlar barpo etildi hamda  164 gektar dorivor o’simliklar ekildi.

Hisobot davrida viloyatda 357 ta kichik biznes subyektlari tashkil etilib, ro’yxatga olingan kichik biznes sub’yektlarining soni 8875 tani tashkil etdi.

Hisobot davrida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 61,6 foizni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 0,1 bandga ortdi.2016-01-22_110234

Bu ko’rsatkich sanoat sohasida 48,9 foizni, qishloq xo’jaligida 97,7 foizni, qurilishda 97,1 foizni, chakana savdoda 94,7 foizni, pullik xizmatda 42,6 foizni, jami xizmatlarda 71,8 foizni, bandlikdagi ulushi 80,8 foizni, eksportdagi ulushi 84,4 foizni tashkil etdi.

Viloyatda hisobot davrida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbaalari hisobidan 1519 ta kichik biznes subyektlariga jami 107,6 mlrd so’m, rejaga nisbatan 139 foiz, o’tgan yilga nisbatan 25,9 mlrd so’m ko’p kredit mablag’lari ajratildi.

Ushbu kreditlarining 20,2 mlrd so’mi (jami ajratilgan kreditning 19 foizi) sanoat sohasiga, 26,5 mlrd so’mi (25%) qurilish ishlari va bino inshootlar sotib olishga, 17,5 mlrd so’mi (16%) qishloq xo’jaligiga, 21,6 mlrd so’mi (20%) savdo-sotiq va aylanma mablag’larni to’ldirishga, 5,7 mlrd so’mi (5%) xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga, 4,6 mlrd so’mi (4%) transport va aloqa hamda 11,5 mlrd so’mi (11%) boshqa sohalarga ajratilgan.

Hisobot davrida 791 ta kichik biznes sub’yektlari 3,5 mlrd so’mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanib, o’z biznesini rivojlantirishga sarfladi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2298-sonli qaroriga asosan 4 ta korxonada 6 turdagi mahalliylashgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida mazkur korxonalarda 431 mln so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 130 ming dollarlik valyuta iqtisod qilib qolindi.

2015 yil oktyabr oyida o’tkazilgan yarmarkada viloyatdagi 78 ta korxonalari tomonidan 52 mlrd so’mlik shartnomalar imzolangan.

Hisobot davrida ushbu shartnomalar asosida 18,4 mlrd so’mlik (100,7%) mahsulotlar yetkazib berildi.

Hisobot davrida yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga asosan 38,5 km ichimlik suvi, 14,9 km tabiiy gaz va 4,8 km elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilindi.

Qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish ishlari izchil davom ettirildi.

Joriy yilda paxta maydonlaridan maqbullashtirilgan 4100 gektar yerlarning 3850 gektariga (93,9%) sabzavot, kartoshka, ozuqa va moyli ekinlar ekildi.

Melioratsiya tadbirlariga asosan 13100 gektar yerlarning xolatini yaxshilash bo’yicha 17 ta ob’yektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Joriy yilda ham aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasidagi tadbirlar davom ettirildi.

Hisobot davrida viloyatda 213,9 mlrd so’mlik (111,7%) qurilish-pudrat ishlari bajarildi, xususan investitsiya dasturiga asosan namunaviy loyiha asosida qurilayotgan 741 ta uy-joylarda 9,2 mlrd so’mlik va 81 ta ijtimoiy soha hamda ichimlik suvi ob’yektlarida 21,0 mlrd so’mlik qurilish ishlari bajarildi.

Viloyatda tasdiqlangan dasturga asosan joriy yilning I-choragida 7094 ta (103,5%) yangi ish o’rinlari tashkil etildi.

Ushbu ish o’rinlarining 74,6 foizi (5292 ta) qishloq joylarda tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur ish o’rinlarining 2951 tasiga ayollar,  3384 tasiga yoshlar, jumladan 463 tasiga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari amaliyotini tashkil etish va ishga joylashtirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 18925 nafar (95,7%) bitiruvchilar 8646 ta korxona va tashkilotlar, xo’jalik yurituvchi subyektlarga to’rt tomonlama shartnomalar asosida biriktirildi.

Tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagini bildirgan 117 nafar bitiruvchilarga 2,3 mlrd so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.

Hisobot davrida viloyatdagi hududiy korxonalar tomonidan 11,8 mln. dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib belgilangan prognoz 100,1 foizga bajarildi.

Amalga oshirilgan eksportning tarkibida sanoat mahsulotlari 64,7 foiz (7,6 mln dollar)ni, qishloq xo’jalik mahsulotlari 11,5 foiz (1,4 mln dollar)ni va xizmatlar eksporti 23,8 foiz (2,8 mln dollar)ni tashkil etdi.

Jami 12,6 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizilib barcha shahar, tumanlar markazlarida internet xizmati ko’rsatish sifati yaxshilandi. Natijada viloyatda internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni 418 ming nafarni tashkil etdi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan Yagona portal orqali 14 turdagi, shu jumladan 9 turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq interaktiv xizmatlar ko’rsatilmoqda.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish, on-layn xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida 4 ta mobil’ baza stansiyalari o’rnatilib 3,5 mingga yaqin aholiga ko’rsatilayotgan aloqa xizmatining sifati yaxshilandi.

Viloyat bo’yicha mobil’ aloqa xizmatidan foydalanuvchilar soni 800 mingdan oshdi. Shuningdek dunyoning eng ilg’or texnologiyalaridan biri bo’lgan to’rtinchi avlod simsiz internet tarmog’i ishga tushirildi.

Viloyatda "Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda 11 ta bo’lim va 104 banddan iborat tadbirlarda jami 84,4 mlrd so’m, shundan 33,2 mlrd so’m byudjet, 11,4 mlrd so’m bajaruvchilar va homiylar mablag’lari, 36,2 mlrd so’m bank kreditlari, 3,6 mlrd. so’m grant mablag’lari o’zlashtirildi.2016-01-22_110518

Faollar yig’ilishida ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Ulug’bek Roziqulov so’zga chiqdi.

Faollar yig’ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzax viloyat hokimi S.Ismailov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi

Jizzax viloyat hokimi S.Ismailov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi
2016 yilning 13 fevral kuni Jizzax viloyat hokimligida "2015 yil davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining bajarilishi hamda "Sog‘lom ona va bola yili”da

Jizzax shahar hokimi dеputatlarga hisobot bеrdi

Jizzax shahar hokimi dеputatlarga hisobot bеrdi
2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan    - 115,5 foizga (428 852,1 mln. so‘m);- xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish - 114,5 foizga (194 390,0 mln.

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,7 foizga oshdi

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  13,7 foizga oshdi
Viloyat faollarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yil o‘tgan to‘qqiz oyi yakuniga bag‘ishlangan  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.