22 апреля 2016

Jizzaxda OAV xodimlari uchun ochiq ma’lumotlardan foydalanish mavzusida seminar tashkil etildi

2016 yilning 21 aprel kuni Jizzaxda viloyat hokimligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyihasi doirasida "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi ochiq ma’lumotlar bo’limi va ochiq ma’lumotlardan foydalanish” mavzusida seminar o’tkazildi.

2016-04-22_093746Tadbirga viloyat, shahar va Zomin tumani hokimliklari Axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududdagi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, markaziy nashrlarning viloyatdagi vakillari taklif etildi. Tadbir avvalida so’z olganlar mamlakatimizda davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo’yicha qilinayotgan ishlarga to’xtaldi.

SHuningdek, davlat hokimiyati organlari veb-saytlariga qo’yilayotgan ma’lumotlar, ularni yangilab borish jarayonlari, ana shu ma’lumotlardan foydalanish darajasini oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi. BMT Taraqqiyot Dasturi vakili Mirzohid Qarshiyev hamda "Anhor.uz” axborot tahlil sayti bosh muharriri Lola Islomova davlat idoralari tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarni internetdan olish, jamlash, ommabop tarzda o’quvchi, tomoshabin va tinglovchilarga yetkazish bo’yicha tavsiyalar berishdi. Xususan, infografika, ya’ni, ma’lumotlarni turli tasvirlar orqali yetkazish dasturlarini qo’llash bo’yicha interfaol o’quv uyushtirildi.2016-04-22_0935582016-04-22_0937292016-04-22_0942112016-04-22_094118

— Bunday o’quvlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining ish sifatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi, — deydi Jizzax shahar televideniyesi bosh muharriri Abduvohid Jo’lmatov. — Bu esa ommaviy axborot vositalarining matbuot makonida o’z o’rnini topishida muhim ahamiyat kasb etadi. SHu ma’noda, zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, onlayn qidiruv mashinalaridan foydalanish, hisobot va boshqa turli ma’lumotlarni infografika orqali jamoatchilikka yetkazish kabi bir qator dolzarb mavzular o’rganilgan seminar har jihatdan samarali bo’ldi, deb o’ylayman.

Tadbir davomida ishtirokchilar mustaqil ravishda infografikalar tayyorlab, taqdimot o’tkazdilar. Qiziqarli o’quv jarayonida OAV xodimlari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzaxda “Ochiq ma’lumotlar portalini yaratish va undan foydalanish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi

Jizzaxda “Ochiq ma’lumotlar portalini yaratish va undan foydalanish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi
2016 yil 2 aprel kuni Jizzax shahrida viloyat hokimligi va BMT Taraqqiyot Dasturining «Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: 2-bosqich»  loyihasi bilan hamkorlikda "Ochiq ma’lumotlar

Davlat idoralari ochiqligini ta’minlash va ularda ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish

Davlat idoralari ochiqligini ta’minlash va ularda ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish
2015 yilning 30  iyun kuni Jizzax shahrida  "Davlat idoralari ochiqligini ta’minlash va ularda ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.  

Hukumatning axborot ochiqligi uning aholi bilan mustahkam aloqalari asosidir

Hukumatning axborot ochiqligi uning aholi bilan mustahkam aloqalari asosidir
2015 yilning 18 martida «Poytaxt» biznes-markazida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (Markaz) bilan hamkorlikda «Davlat