19 апреля 2016

“Yagona darcha” markazlari faoliyati takomillashmoqda

   Bugun Jizzax shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Tadbirkorlik sub'ektlariga "yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona markazlar faoliyatini tashkil etish va ular orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid” deb nomlangan qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni shahar hokimining o‘rinbosari G‘.Xidirov ochib berdi.

   “Yagona darcha” markazlari faoliyati takomillashmoqda                            Tadbirga viloyat, tuman, shahar hokimliklari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nazorat qiluvchi organlar, "Yagona darcha” markazi xodimlari, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari taklif etildi.

    Aytish mumkinki, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 16 martdagi 24-son bayoni hamda Adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan 2016 yil 30 martdagi "Chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandiga muvofiq "Yagona darcha” markazlari faoliyatiga informatsion yordam ko‘rsatish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida tavsiyalar berish jarayonida Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy ba'zasi "Lex.UZ”dan keng foydalanish amaliyotini tushuntirish hamda mavzuga oid qo‘llanmani markazlarga yetkazilishi ta'minash maqsadida tashkil etildi.

     “Yagona darcha” markazlari faoliyati takomillashmoqda 

  Dastavval so‘zga chiqqan viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Baxronov mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga "Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona markazlar faoliyati, uning maqsad, vazifalari, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi. Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huquqiy axborot bilan ta'minlash markazi xodimi B.Xasanov yig‘ilganlarga "Qonun hujjatlari ma'lumotlari bazasi "Lex.UZ” sayti bilan ishlash amaliyoti” mavzusida ma'ruza qildi.

  Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o‘tkazish boshqarmasi xodimi K.Xalikov qo‘llanma taqdimotiga oid ma'lumotlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

  Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

“Jizzax viloyatida yagona darcha markazlari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishni takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

“Jizzax viloyatida yagona darcha markazlari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishni takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2016 yilning 26 fevral kuni Jizzax viloyati hokimligi va BMT Taraqqiyot Dasturining "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyihasi bilan hamkorlikda "Jizzax viloyatida yagona

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI 5,7 MLRD. SO‘M EVAZIGA QO‘SHIMCHA JIHOZLANADI

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI 5,7 MLRD. SO‘M EVAZIGA QO‘SHIMCHA JIHOZLANADI
«Bir darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini taqdim etish markazlari mamlakat hukumatining qaroriga binoan qo‘shimcha jihozlanadi.  

“Yagona darcha” tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi

“Yagona darcha”  tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi
Mamlakatimiz  taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutadi. Shu bois ularni yanada rivojlantirish, soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar