19 апрель 2016

GAME OVER…

GTA… ko’cha bezorisi haqidagi o’yin. Bu o’yinni o’smirlik davrida o’ynamagan, undagi voqealar rivojiga qiziqib, o’yinning yangi variantlarini komp’yuteriga o’rnatmagan tengdoshimiz bo’lmasa kerak. Albatta bu o’yinni hamma ham birday yoqtirib o’ynagan degan xulosadan yiroqman. Biroq bosqinchilik, bezorilik, vahshiylik va qotillikni, o’rtasida zo’ravonlik va zulmni, tahqirlash va adovatni targ’ib etuvchi o’yin – inson ruhiyatiga ta’sir etmay qolmaydi.

GTA5-mainQolaversa, bunday o’yinlar yoshlarni tartibsiz, xudbin va adovatli bo’lib ulg’ayishiga zamin yaratadi. Lekin bu o’yin hayotga ko’chsa-chi? Bu endi haqiqiy fojeaga aylanishi shubhasiz. 2014 yil Moskvada bir guruh Markaziy Osiyolik yoshlardan iborat to’da tomonidan shunday jinoyatlar seriyali ravishda sodir etila boshladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga qarshi kurash davomida to’da rahnamosi sanalgan Ibaydullo Subxanov yo’q qilinadi. SHundan so’ng sud tomonidan to’da a’zolariga nisbatan sud hukmi o’qilib, ular bir necha yillarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Joriy yilning fevral’ oyida Jinoyat ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudida aynan shu ishlarni amalga oshirgan 5 kishidan iborat  to’daning jinoiy qilmishlari ustidan hukm o’qildi. Ularning jinoiy qilmishlari "O’zbekiston” teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan "GTA yohud o’yinga aylangan hayot” ko’rsatuvida batafsil ochib berildi.

O’zbekiston hududida o’g’rilik, talon-tarojlik bilan shug’ullangan va qo’poruvchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko’rgan diniy ekstremistik guruhni tashkil qilgani uchun turli muddatga qamoq jazolariga mahkum qilingan bu guruhga yetakchilik qilgan Furqat Jo’rayev 12 yillik, uning 4 ta sherigi 5,5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga tortildi. Barcha ayblanuvchilar o’z aybini to’liq tan oldi. Bundan tashqari, F.Jo’rayev Rossiyada bosqinchilik, nomusga tegish, giyohvand modda tayyorlash va sotish aybi bilan 5 yillik qamoq jazosini o’tagandan keyin O’zbekistonga qaytib kelgan.

Jo’rayev aybini tan oluvchi ko’rsatmalar berish davomida Rossiyada bo’lganda Moskva viloyatida harakat qilgan » GTA bandasi» deb nomlanuvchi jinoiy to’da a’zolari bilan tanishib qolgan, u shundan keyin «jihod» g’oyalari asosida O’zbekistonda ham shunday to’dani tashkil qilmoqchi bo’lgan. Furqat Jo’rayevdan tashqari, to’daning Aramais Avakyan, Murodulla Qayumov va Elmir Bekmambetov ismli a’zolari ham 2013 yilda Rossiyada uch yil ishlagach, O’zbekistonga qaytib kelishgan. Bu kimsalar Rossiyada markaziy osiyoliklar bilan muloqotda bo’lgandan keyin, ular tomonidan radikal islom tashkilotlarining tashviqotiga jalb qilingan.

O’zbekistonga qaytib kelgandan so’ng ham mazkur guruh o’zaro birlashgan holda qator jinoyatlarni uyushtirishni maqsad qilgan. Sud jarayoni esa bevosita xorijda istiqomat qilayotgan ayrim yurtfurush xoin jurnalistlar tomonidan go’yoki O’zbekistonda o’zga millat vakillariga nisbatan adolatsizlik qilinayotganligi haqida asossiz, bo’hton ma’lumotlardan iborat maqolalar tayyorlab, go’yoki jahon jamoatchiligi e’tiborini shu mavzuga qaratmoqchi bo’lishdi.

 Afsuski, sudning qora kursisiga o’tirgan jinoiy guruh allaqachon o’z aybini tan olgan, sodir etgan har bir harakati yuzasidan kerakli xulosa chiqarib bo’lingan edi. Xullas, "GAME OVER”, ya’ni o’yin tugadi. Guruhning qilmishiga nisbatan adolatli hukm o’qildi.

Yurtimizdagi bugungi tinchlikni ko’rolmayotgan, uning porloq kelajagiga shubha bilan qarovchi, uning erishayotgan yutuqlarini ko’raolmaydigan bu kabi insonlar ko’plab topiladi. Bugun ular internet orqali turli ig’vo materiallarni chop etishga urinayotgani ortida ham o’ziga xos maqsad, manfaatdorlik  turgani yaqqol namoyondir. Chet ellik rahnamolar esa O’zbekistonga tashqi tomondan zarba berish imkonsiz ekanligini  biladilar. SHu boisdan F.Jo’rayev kabi g’alamis insonlardan foydalanib, o’z g’oyalarini, manfur qilmishlarini amalga oshirmoqchi bo’ladilar.

Shunday ekan, ogohlik bugun har birimizning shiorimizga aylanmog’i, zarur holatlarda esa yurt tinchligi uchun barchamiz birday kurashmog’imiz kerakligini ko’rsatadi.

H.Jo’rayev

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

QURILISH ORTIDAGI QILMISHI AYON BO‘LDI

QURILISH ORTIDAGI QILMISHI AYON BO‘LDI
Arqon qanchalik o‘ralmasin, uning uchini topish muammo emas. Jinoyatchilar ham qanchalik abjirlik bilan  qoraqilmishlarini yashirishga urinishmasin,

Nafs degani balodur...

Nafs degani balodur...
Xalqimizda «Nafs degani balodur, yonar o‘tga soladur» degan maqol bor. Nafsni jilovlay olmaslik kishi boshiga talay uqubatlar keltirishi tayin.  

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: