«Hojatbaror» kirakashlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi «Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida» PQ-303-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora tadbirlari to‘g‘risida» 139-sonli qarorlari qabul qilingan. Qarorning asosiy maqsadi yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish orqali bu boradagi munosabatlarni tartibga solish va ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati va xavfsizligini kuchaytirishga erishishdir.

«Hojatbaror» kirakashlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Foto © Avtodust.ru 

 

Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasi tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yo‘nalishsiz taksilarni tartibga solish, qonuniy faoliyat yuritish va yo‘lovchilarni tashish sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.

Ta’kidlash joizki, aholiga noqonuniy ravishda transport xizmati ko‘rsatayotgan fuqarolar faoliyatiga chek qo‘yish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 46 ta monitoring (xronometraj)lar o‘tkazildi. Natijada 36 holatda qonun buzilish holatlari aniqlanib, 20 ta korxonaning litsenziyalarini bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga taqdimnomalar kiritildi. Hududiy agentlik tomonidan 5 ta transport korxonasining bosh litsenziyasi va unga a’zo bo‘lgan 131 ta transportlarning litsenziya varaqalari 10 ish kuniga to‘xtatib qo‘yildi.

Shuningdek, Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil davomida 3 ta korxonada qisqa muddatli nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Afsuski barchasida qonunbuzulish holatlari aniqlanib, xo‘jalik sudlari tomonidan 8649,4 ming so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanildi. Shuningdek, 7 ta korxonada hujjatli tekshirish o‘tkazilib, uning natijasida 919345,0 ming so‘m qo‘shimcha mablag‘ aniqlanib, korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan 2114,0 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan bo‘lsa yana 2 ta korxonaga nisbatan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Aholiga noqonuniy transport xizmati ko‘rsatishni bartaraf etish borasida G‘allaorol tumanida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratsak. Joriy yilining o‘tgan davrida davlat soliq xizmati organlari, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 21 marotaba nazorat tadbiri o‘tkazildi. Unda 50 nafar fuqaro tomonidan yuqoridagi qarorlar talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz va tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxsiy avtomashinasida aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatilayotganligi aniqlangan. Misol uchun, nazorat tadbirlarida G‘allaorol tumanida yashovchi fuqaro A.Tojiboyev, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro E.Mamatqulov kabi «hojatbaror» kirakashlar «Neksiya» rusumli avtomashinalarida tegishli hujjatlarsiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, sud idoralariga taqdim etildi.

Nosir MAVLONOV,
Jizzax viloyat DSB boshlig‘ining o‘rinbosari
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 12-12-2014, 15:46
0
1080

Похожие публикации


Наверх