05 ноября 2014

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qaror qabul qildi.

Qaror matni bilan quyida tanishing:

Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida 

O’zbekiston Respublikasining "Geografik ob’yektlarning nomlari to’g’risida”gi Qonuni (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2011 y., 41-son 448-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi "Geografik ob’yektlarning nomlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 41-42-son 483-modda) ijrosini ta’minlash, shuningdek geografik ob’yektlarni nomlash sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi 
qaror qiladi: 

1. Jizzax shahridagi aholi punktlarining tarkibiy qismlari (mahallalar, shoxko’chalar, ko’chalar, maydonlar, bog’lar va xiyobonlar)ga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish bo’yicha fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalariga asosan shahar hokimi kiritgan taklifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Shahar statistika bo’limi (A.Murunov), shahar yer resurslari va davlat kadastri bo’limi (T.Yaxhyaev), shahar davlat arxitektura va qurilish bo’limi (S.Tog’ayev)ga tegishli mutassaddi davlat organlari bilan birgalikda amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari o’zgartirilgan aholi punktlarining tarkibiy qismlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga o’zgartirish kiritish bilan bog’liq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.

3. Shahar ichki ishlar bo’limi (B.Boliyev) nom berilgan va nomlari o’zgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli o’zgartirishlar kiritish ishlarining tashkiliy ravishda amalga oshirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin.

4. Geografik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalari bo’yicha shahar komissiyasiga (A.Sultonov) nom berilgan va nomlari o’zgartirilgan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga ularning nomlari qayd etilgan metall ko’rsatgichlar o’rnatish vazifasi topshirilsin.

5. Belgilansinki, geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy byudjet mablag’lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish halq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasiga va qaror ijrosini ta’minlash Geografik ob’yektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalari bo’yicha shahar komissiyasi zimmasiga yuklatilsin. 

Xalq deputatlari shahar

Kengashi raisi, shahar hokimi A.Qobilov

 

Nomlari o’zgargan ob’yektlar ro’yhatini ushbu manbadan ko’chirib olishingiz mumkin

Shahar-geografik-obyektlar-nomi.doc [ b] (cкачиваний: 115)

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

So’nggi savdo

So’nggi savdo
 Xayrobodlik Akbar Nazarmatov T.Ortiqov va X.Usmonovlarga Qozog’iston Respublikasida ularbop ish borligini, oyiga 300 AQSH dollaridan maosh berilishini aytib, qiziqtirib qo’yadi. 

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati
 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdаgi majlisida mamlakatimizning 2015 yilgi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
 Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar
 M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining majlislar zalida "Orasta qizlar” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi.