24 март 2016

Salomatligingizni giyohvandlikka almashtirmang

  Giyohvandlik shunday illatki, u qanchalab oilalar yostig‘ini quritmoqda, yoshlar ongu shuuriga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Bu og‘uning turgan bitgani zarar. Uni iste'mol qiluvchi, o‘ziga qo‘shib avlodining ham ildiziga bolta ursa, giyohvand moddadan foyda ko‘rishni istovchilar afsuski, ikki dunyosini kuydirmoqda. Zero, shariatimizda ham barcha mast qiluvchi, odamning aqlini ozdiruvchi, hushini ketkazuvchi narsalar harom ekanligi aytib o‘tilgan. Modomiki, bu moddalarni nafaqat iste'mol qilish, balki sotish undan olinadigan foyda ham haromdir. Giyohvand moddalarga mukkasidan ketish orqali kishi o‘z joniga qasd qilishi muqarrar. 

  Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo bir qancha bitimlar imzolangan bo‘lib, mamlakatimizda mustaillik yillarida giyohvandlikka qarshi kurash va uning oldini olishning me'yoriy huquqiy ba'zasi yaratildi. Jumladan, 1994 yilda Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi, 1996 yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazi tashkil etildi. 1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Salomatligingizni giyohvandlikka almashtirmang

 Davlat komissiyasining 2011 yil 8 iyundagi qarori bilan narkotik moddalar iste'moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha 2011 -2015 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-275 moddalarini o‘z ichiga olgan 19 bobi "Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar”, deb nomlanib, buning uchun qat'iy jazo choralari belgilangan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlikning oldini olish hamda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini ta'minlash borasidagi muhim chora-tadbirlarning amaldagi natijasidir.

 

  Lekin bu kabi amaliy ishlarga qaramasdan ayrim kimsalar tomonidan narkotik moddalar iste'mol qilganliklari va ularni boshqalarga ham tarqatishga urinib kelayoganliklarini nima bilan izohlash mumkin?

  Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida yurtimiz tobora ravnaq topayotganini ko‘ra olmayotgan, g‘arazli niyatdagi shaxslar ta'siriga tushganlar tomonidan sog‘lom avlod kelajagiga salbiy ta'sir o‘tkazish holatlari taassufki, hozirda ham uchramoqda. Ayrim hollarda ularning tashki muhitning ta'siriga tushib, giyohvandlik kasaliga duchor bo‘lib qolayotganliklari va buning natijasida o‘z hayotlarini izdan chiqarishlari yurtimizda yashayotgan fuqarolarning hayotiga xavf solish bilan barobardir.

  Shunday ekan, giyohvand moddalar ta'siriga tushib qolish, aldovlarga uchishdan, qadri hech narcha bilan o‘lchanmaydigan salomatligingizni asrang, azizlar!

Ahadjon Husanov


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

O‘zbekiston maxsus xizmatlari Tojikistondan 30 kg. geroin olib o‘tishga bo‘lgan urinishning oldini oldilar

O‘zbekiston maxsus xizmatlari Tojikistondan 30 kg. geroin olib o‘tishga bo‘lgan urinishning oldini oldilar
Operativ xodimlar tomonidan MHX davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi chegarachilari bilan hamkorlikda Tojikistondan O‘zbekiston hududiga yirik miqdorda narkotik vositalarini olib o‘tish bo‘yicha

Qora bozordagi “Ajal”

Qora bozordagi  “Ajal”
Birlashgan Millatlar  Tashkiloti  tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda narkobiznes savdosidan tushadigan daromad yiliga taxminan 400 milliard AQSH dollarini

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: