17 март 2016

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI 

Jizzax shahrining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjetning parametrlari to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son;) 99-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 11 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi 276-III-son qarori, Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi SQ-61-III-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil
22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2015 y..,52-son 646-modda) xamda Jizzax viloyati xokimning 2015 yil 31 dekabrdagi "Jizzax viloyatining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va maxalliy byudjetning parametrlari to‘g‘risida” gi 343-sonli qarori (Jizzax xaqiqati gazetasi 2016 yil 3-son) ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga muvofiq

 

QAROR QILAMAN:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-son qarori viloyat hokimining 2015 yil 31 dekabrdagi 343-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.2016 yil uchun:

Jizzax shaxrining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar prognozi 1-ilovaga muvofiq;

SHaxar maxalliy byudjetning 2016 yilgi mahalliy byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

Jizzax shahar maxalliy byudjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat byudjetidan byudjet subvensiyalarining 3-ilovaga muvofiq;

Jizzax shahri mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga muvofiq;

Jizzax shahri mahalliy byudjetining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga muvofiq;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari
6-ilovaga muvofiq;

yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi
PQ-2455-son qaroridagi tegishli ilovalar bilan:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari;

yagona soliq to‘lovi stavkalari;

respublikada ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;

er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;

imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari;

ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha qo‘shimcha daromad solig‘i stavkalari;

yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;

yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i stavkalari;

yagona er solig‘i stavkalari;

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorda;

qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar stavkalari;

belgilangan soliqqa tortish ob’ektlaridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;

mablag‘larni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori 25-ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari;

fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi
7,5 foiz miqdorida tasdiqlanganligi;

yagona soliq to‘lovi tushumlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

4.Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda, biroq:

yuridik shaxslar uchun – davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan;

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun - mazkur qarorning
10-ilovasiga muvofiq belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilansin.

5.Qarzni undirishni soliq to‘lovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq bo‘yicha qarzlarning eng kam miqdorlari 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6.2016 yilning 1 yanvaridan boshlab:

«O‘ztransgaz» AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni o‘z ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qo‘shimcha haqi bir kubometriga 500 so‘m miqdorida;

mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi, mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2455-son) qarori 27-ilovasiga muvofiq taqsimlangan holda, oyiga 1500,0 so‘m miqdorida;

import qilingan uglevodorod xomashyosidan xomashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isining hajmlari, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazdan foydalanganlik solig‘iga tortish ob’ektiga kiritilishi belgilanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

7.SHaxarning o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar bo‘yicha tushumlar:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

6-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar vayakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;

7-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

12-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar to‘liq hajmda shaxar mahalliy byudjeti daromadlariga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

shaxarda ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i;

chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i;

SHuningdek, mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan (mahalliy byudjetga o‘tkazilishi belgilangan) qismi abonentning ro‘yxatga olingan joyiga qarab Jizzax shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga o‘tkazilishi belgilansin.

8.SHahar hokimligi moliya bo‘limi hamda Davlat soliq inspeksiyasi Moliya va Davlat soliq boshqarmalari bilan kelishilgan holda:

ikki hafta muddatda hududning subvensiya olish darajasini pasaytirish Dasturini ishlab chiqish va viloyat hokimligiga kiritish;

2016 yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjetning daromad keltiradigan bazasini ko‘paytirish, tushumlarning qo‘shimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish bo‘yicha viloyat hokimligiga takliflar kiritish;

subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturini amalga oshirishning borishi va tegishli byudjetlarning daromad keltiradigan bazasini ko‘paytirish chora-tadbirlarining natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni har chorakda shahar hokimligiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.

Belgilansinki, mahalliy byudjetlarning daromadiga qo‘shiladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tegishli byudjet parametrlarida ko‘zda tutilmagan harajatlarga yo‘naltirilishi mumkin emas.

9.Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida 2016 yilda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lov miqdorlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

10.Ushbu qaror «Jizzax haqiqati» va «Djizakskaya pravda» gazetalarida e’lon qilinsin hamda tegishli tartibda - new.jizzaxcity.uz rasmiy veb-saytda joylashtirilsin

16.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shaxar hokimining o‘rinbosari G‘.Xidirov zimmasiga yuklatilsin.

17.Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Jizzax shahar hokimi A.Qobilov

 


 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Soliq tizimidagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Soliq tizimidagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4 fevral kuni viloyat hokimligi axborot xizmati va davlat soliq boshqarmasi hamkorligida 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, soliq qonunchiligiga kiritilgan

O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xаlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI

O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xаlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI
SHahar mahalliy byudjetining 2015 yilgi kutilayotgan ijrosi va 2016 yilga belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida.    

Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasi ikkinchi shkala bo‘yicha 7,5 foizgacha kamaytiriladi

Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasi ikkinchi shkala bo‘yicha 7,5 foizgacha kamaytiriladi
Kelasi yilda soliq solishning ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining bir barobaridan (+1 so‘m) besh barobarigacha) bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkasini 8,5 foizdan 7,5 foizgacha
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: