03 марта 2016

Shahar hokimi mahalla fuqarolari bilan uchrashmoqda

   2-mart kuni "O‘ratepalik” mahallasida joylashgan 14-umumta'lim maktabida mahalla faollari, oqsoqollar, xotin-qizlar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar hokimi A.Qobilov O‘ratepalik mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan 2015 yil davomida olib borilgan ishlar xususida ma'ruza qildi.

 Undan ko‘zlangan asosiy maqsad, 2016 yilga belgilangan rejalarni tashkillashtirish, mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, bu kabi bunyodkorlik ishlarida mahalla fuqarolari, yoshlar mas'uliyatini yanada oshirishdan iborat.

Shahar hokimi mahalla fuqarolari bilan uchrashmoqda

 Shahar hokimi mahalla fuqarolari bilan uchrashmoqda

  Ayni paytda O‘ratepalik mahallasida 5323 nafar aholi istiqomat qilib, unda 685 ta xonadon, 1250 ta oila mavjud. Jami aholi sonining 3086 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Mahalla fuqarolar yig‘inida mehnatga layoqatli aholi soni esa 2730 nafar iborat.

 Yig‘ilish davomida "Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi. Tadbir mobaynida mahallada bo‘luvchi ayrim salbiy ko‘rsatgichlar va uni oldini olishda mahalla faollari, ota-onalarning rolini oshirish, har jihatdan o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘rnak bo‘lish xususida mahalla oqsoqoli Sag‘dulla Shukurov alohida ta'kidlab o‘tdi.

   "Birlikda gap katta. Shunday ekan, mahalla fuqarolari bir yoqadan bosh chiqarib yakdillikda harakat qilsagina, bugungi aytilgan dolzarb vazifalarni a'lo darajada bajarishga erishish mumkin”-deydi fuqaro Mavluda Ahmedova. Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shahar hokimi mahalla fuqarolari bilan uchrashmoqda

     Aytib o‘tish joizki, yuqoridagi mavzularga bag’ishlangan bu kabi yig‘ilishlar ayni paytda shahar hududining barcha mahallalarda bo‘lib o‘tmoqda.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Obodlik ko'ngildan boshlanadi

Obodlik ko'ngildan boshlanadi
Obodlik ko’ngildan boshlanadi   Joriy yilning 26 fevralida Jizzax shahar hokimligining majlislar zalida "Aholi shaxsiy va dala tomorqalardan samarali foydalanishni rivojlantirish va

Mahallalarda"Fidoiylar guruhi' shakllanmoqda

Mahallalarda
Ma’lumki, ko‘plab sohalarning rivojlanishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar

10 oy davomida Jizzaxda 357 ta yong’indan 594 million so’mlik moddiy zarar ko’rilgan

10 oy davomida Jizzaxda 357 ta yong’indan 594 million so’mlik moddiy zarar ko’rilgan
 Ayni paytda Respublikamiz bo’ylab 20 noyabrdan 20 dekabrka qadar "Yong’in xavfsizligi oyligi” o’tkazilmoqda.