01 марта 2016

Jizzax shahrida hududiy seminar o‘z ishini boshladi

 Joriy yilning 1-mart kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida shahar va tumanlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining choraklik hisobotlarini eshitishni tashkil etish va o‘tkazishning tartib-tamoyillari” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.

  Seminarni shahar hokimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar kengashi raisi A.Qobilov kirish so‘zi bilan ochdi.

Jizzax shahrida hududiy seminar o‘z ishini boshladi

 Jizzax shahrida hududiy seminar o‘z ishini boshladi

 O‘quv seminarini tashkil etishdan asosiy maqsad, qonunda belgilab berilgan fuqarolar yig‘inlarining vakolatlarini amalda keng qo‘llash, bu borada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda mahalla faollarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat. 

 Seminar davomida "Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan, ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining huquqiy asoslari” mavzusi bo‘yicha viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Sharof Eshimov, "Fuqarolar yig‘inlari yilning har choragida mahalliy davlat ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishning tashkiliy-huquqiy asoslari, ahamiyati va tartibi” mavzusida fuqarolik jamiyati monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax hududiy bo‘linmasi mas'ul xodimi Diyor Hasanov ma'ruza qildi.

 Ma’lumki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika va hududiy Kengashlarning tashkil etilganligi ham, jamiyat hayotida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib borayotgan mahalla institutining rivojlanishida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi tomonidan har yili "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.

 O‘tkazilgan mazkur seminar davomida tinglangan ma'ruzalar orqali ishtirokchilarga fuqarolar yig‘inlarida hisobot beruvchi mas'ullarning hisobot berish majburiyligi, uni tayyorlash va hisobotni eshitish jarayonidagi tashkil ishlar, hisobot yig‘ilishlarini rasmiylashtirish hamda ularni tegishli boshqaruv idoralariga yuborish, uning natijalarini o‘rganish tartib qoidalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, odamlarning ong va tafakkurida, dunyoqarashida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar natijasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda, – deydi "Ravalliq” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy-ma'rifat ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilfuza Zokirova. 

 Qizg‘in baxs-munozara hamda savol-javob tarzida o‘tgan o‘tkazilgan seminarda sohadagi nazariyotchi ekspertlarning fikr-mulohazalari va tajribali mahalla faollarining amaliy takliflari asosida fuqarolar yig‘inlarida tizimli ravishda hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazib borish borasida erishilgan yutuqlar hamda kamchiliklar muhokama etildi. Kelgusida ushbu tartibga to‘la rioya etish orqali erishiladigan natijalar misollar orqali tushuntirib o‘tildi. Vakillar tomonidan hududdagi ayrim muammo va kamchiliklar bo‘yicha  bir qator taklif va tavsiyalar bildirib o‘tildi.

 Yig‘ilish yakunida kelgusida fuqarolar yig‘inlarining jamiyatdagi mavqyeyini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi bu kabi yig‘ilishlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Qipchoq mahallasi "Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari" tanlovining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni oldi

Qipchoq mahallasi
Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida "Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur tanlovning shahar va tuman

Uslubiy qo‘llanma qo‘l kelmoqda

Uslubiy qo‘llanma qo‘l kelmoqda
Mahalladoshlari Tamara Safarovani Forish tumanidagi «Oqtepa» mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan «Ota-onalar universiteti»ga rahbar etib tayinlashganida u hali bu tizimda faoliyat

“Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi 1-son musiqa va san’at maktabida  "Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” tanlovi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.