“O‘G‘LIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI”

   Bugun Jizzax shahri, Hamid Olimjon mahallasida istiqomad qiluvchi Axmurodovlar oilasida katta tantana. Ayniqsa, Ra’no opa Abdullaevaning sevinchini so‘z bilan ta’riflash qiyin.

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan xizmatchilarni kutib olish marosimlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Unga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlarining jalb etilgani esa mazkur madaniy tadbirlarning samarali o‘tishini ta’minlaydi, albatta. Respublikamizning turli hududlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar orasida Ra’no opaning yagona o‘g‘li Odilbek Rasulov ham bor. Bolalikdan Ichki ishlar xodimi bo‘lishni orzu qilgan Odilbek bugun mardlik maktabidan qaytdi. Ko‘zlarida o‘t, zimmasida ona Vatanni asrashdek muqaddas vazifaga ega yosh yigit bugun oilasi bag‘rida.

“O‘G‘LIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI”

“O‘G‘LIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI”

    "Armiya - biz kabi yoshlar uchun ibrat maktabi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir yil mobaynida Andijon shahridagi harbiy qismlarning birida xizmat qilgan bo‘lsam, muhtaram yurtboshimiz tomonidan biz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, u yerdagi moddiy-texnik ba’zaning mustahkamligidan boshim osmonga etdi. Onam o‘qituvchi bo‘lganliklari uchun, uyimizda huquqiy mavzuga oid kitoblar ko‘p bo‘lar edi. Xizmat davomida ham doimiy tarzda kutubxonadan foydalandim. Bilasizmi, siyosiy va huquqiy bilimlarimni oshirishda bu menga katta yordam berdi. Vatanga xizmat qilish – sha’rafdir! Bu yo‘lda meni qo‘llab- quvvatlagan vatanim, ota-onamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”-deydi oddiy askar.

   Suhbat davomida Odilbek ota-onasi uchun ajoyib sovg‘a tayyorlab qo‘yganini aytdi. Xabaringiz bor, bir yillik harbiy xizmatni o‘taganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli qaroriga muvofiq barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlarga ega bo‘lishadi. Odiljon qo‘lga kiritgan imtiyoz xati esa uning yaqinlari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.

 “O‘G‘LIM HARBIY XIZMATDAN QAYTDI”

   "O‘g‘limda harbiylikka bo‘lgan qiziqish bolalikdan shakllangan. Mana bugun farzandimni harbiylik libosida ko‘rib boshim osmonga yetdi. Shu o‘rinda yoshlarni munosib ravishda kutib olgan, bugungi unutilmas kunni biz bilan birga baham ko‘rgan shahar hokimligi, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman” - deydi qahramonimiz otasi Allamurod Axmurodov.

 Yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan, vatanparvarlik hissi yuragida go‘sh urgan mard o‘g‘lonlarga mustahkam sog‘liq va omad tilab qolamiz.

                                                                      Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 16-02-2016, 16:44
0
1052

Похожие публикации


Наверх