Sizni sharaflaymiz doimo

Davlatbek bolalikdan harbiy bo‘lishni orzu qiladi. Ko‘ksi qalqon, g‘ururi osmon harbiylik libosidagi yigitlarni ko‘rsa, yuragi sevinchga to‘lib  beixtiyor "Men ham harbiy bo‘laman” deb oyisiga yuzlangani hamon yodida. Ra’no opa esa farzandi niyatlari ijobatini duo qilib, uning peshonasidan o‘pib qo‘yar edi.

Sizni sharaflaymiz doimo 

 

Vaqt o‘tdi. Nihoyat Davlatbekning harbiy xizmatga ketadigan bo'ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 1 oktyabrdagi 265-sonli "Fuqarolarni muddatli harbiy xizmat va muqobil xizmatga chaqirish hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘tkazish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan chaqiruv komissiyalari tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga qabul qilish, rezervga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish tadbirlari viloyatimizda yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Qahramonimiz Davlatbek Hazratqulov kuni kecha bir guruh do‘stlari bilan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan biriga jo‘nab ketdi.

Ko‘zda sevinch yoshlari bilan o‘g‘lini kuzatgan Ra’no opa  o‘g‘li hamda u bilan muddatli harbiy xizmatga otlangan barcha o‘g‘lonlarni uzundan uzoq duo qildi. Sir emaski, bu duolar negizida elga tinchlik osoyishtalik, yoshlarga kamol, elga muhabbat tuyg‘ulari mujassam.

Darhaqiqat, vatanni himoya qilish muqaddas burchdir. Mana shu ulug‘ burch hayot mazmuniga aylangan, vatan sarhadlarini qo‘riqlayotgan harbiy xizmachilar esa tom ma’noda bizning faxru-iftixorimizdir.

 

 

Ayni paytda viloyatdagi harbiy qismlarda hanuz bayram shukuhi kezib, davlat va jamoat tashkilotlari, iqtidorli yoshlar bilan davra suhbatlari va madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni yakunlayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida madaniy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni leytenant Ahad Husanov ochib berdi. Shuningdek, unda viloyat ma’naviyat va targ‘ibot markazi, "Qalb nuri” ayollar markazi xodimlari va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, harbiylarimizni madh etuvchi she’rlar bilan yig‘ilganlarni hushnud etishdi.

Tadbir so‘ngida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmachilarga viloyat hokimining tabriknomasi hamda tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘ylaymizki, harbiylarimizni ruhlantirgan, ularning sha’ni, qadr qimmati va xizmatini ulug‘lovchi bu kabi tabriknomalar jasur o'g'lonlarga  muddatli harbiy xizmat paytlarini eslatib turadi.

                                                                                                  Ma’mura YOQUBOVA

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 5-02-2016, 17:28
0
899

Похожие публикации


Наверх