Dashtobodda yangi bozor foydalanishga topshirildi

Yaqinda Dashtobod shahar markazida qad rostlagan "Dashtobod” dehqon bozorining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Minglab shaharliklar  yig‘ilgan tadbirni Zomin tuman hokimi Bahriddin Safarov qisqacha kirish so‘zi bilan ochdi.

4cUshbu tadbirda  ishtirok etgan viloyat hokimi Sayfiddin Ismailov jumladan shunday dedi:

-Azal-azaldan qaysiki  yurtning qanday turmush kechirayotganligini bilmoqchi bo‘lsang, uning bozorini borib ko‘r,  degan hikmatli so‘z bor xalqimizda. Qolaversa, hukumatimiz rahbariyati tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholiga sifatli iste’mol  tovarlari  etkazib berish maqsadida  amalga oshirilayotgan  ishlardan barchangizning  xabaringiz bor.  Bugun dashtobodliklar uchun juda quvonchli kun. SHahar aholisi va mehmonlar uchun katta  qulaylik  va imkoniyatlarga ega bo‘lgan dehqon bozori qisqa fursatlarda qurilib, foydalanishga topshirildi.

Qariyb 4,5 gektar maydonni o‘z ichiga olgan mazkur bozor zamon talablariga  to‘la javob berishi uchun  11 milliard 239 million so‘mlik loyiha smeta hujjatlari ko‘zda tutilgan bo‘lib,  ayni vaqtda 7 milliard so‘mlik qurilish-montaj  ishlari amalga oshirildi.

Buxoro viloyatining 20-qurilish-montaj  trestining 16-vakillik qurilish bo‘linmasi mohir bunyodkorlari tomonidan bunyod etilgan mazkur inshoot ochilish marosimida quruvchilarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.  Shundan so‘ng ramziy tasma qirqilib, yig‘ilgan savdo rastalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Bozorning 4 ta pavilonida qishloq xo‘jalik, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, oziq-ovqat, issiq non va xo‘jalik mollari bilan savdo qiluvchi 360 ta savdo o‘rni mavjud. 120 kvadrat metr maydonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlash ombori, 9000  kvadrat metr maydonda avtomobil saqlash va to‘xtash maydoni bunyod etildi.  170 metr metr chuqurlikdan ichimlik suvi chiqarildi. Kelgusida 400 kvadrat metr maydonda avtomobil mashinalari bozori tashkil etish ham rejalashtirilgan.

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 27-01-2016, 12:00
0
760

Похожие публикации


Наверх