Jizzax shahrida yangi paypoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona foydalanishga topshirildi

2015 yilning 5 dekabr kuni Jizzax shahrida paypoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "JIZZAX GRAND TEXTILE” MCHJ korxonasining ochilishi marosimi bo‘ldi. 

2015-12-05_142127O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi arafasida Jizzax shahrida ishga tushirilgan yangi sanoat korxonasining ochilish marosimiga viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, faxriylar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari to‘plandilar.

Yillik quvvati 2,5 mln  juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega "JIZZAX GRAND TEKSTIL” MCHJni ishga tushirish uchun korxona  rahbariyati 400 ming AQSH dollari miqdoridagi o‘z mablag‘i va "Asakabank” tomonidan ajratilgan 868 550 AQSH dollari miqdoridagi kreditdan foydalandi.  2015-12-05_142211

2015-12-05_142233O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2013 yilda Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida barcha sohalar  qatori engil sanoatni rivojlantirish, o‘zimizda etishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashni tashkil etishning mustahkam asoslari borligi yuzasidan qimmatli maslahatlarini bergan edi. Ushbu  tavsiyalar asosida Jizzax viloyati sanoat salohiyatini oshirish bo‘yicha  2013 – 2016 yillarga mo‘ljallangan manzilli dastur ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra 2016 yilga qadar umumiy qiymati 1,4 trillion so‘mlik 802 ta, shu jumladan, engil sanoat sohasida qiymati 503 mlrd so‘mlik 231 ta loyihalarni amalga oshirish tadbirlari belgilangan.  Bugungi kungacha mazkur Dastur doirasida qiymati 515 mlrd. so‘mlik 444 ta loyihalar amalga oshirildi. Mazkur loyihalarning 107 tasi yengil sanoat korxonalaridir.2015-12-05_142319

– Shu ma’noda,  60 nafar yangi ish o‘rniga ega bo‘lgan, bir yilda 2,5 million juft  paypoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ushbu sanoat korxonasi hududlarda aholini, xususan kollej bitiruvchilarini doimiy ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbirlarimizning samarasi sifatida e’tirofga sazovordir, dedi korxonaning ochilish marosimida so‘z olgan viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Gulnora To’rayeva. Mazkur korxonaning o‘zida bugungi kunda ishga joylashganlarning qariyb yarmi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlardan iboratdir.2015-12-05_142345

Eng muhimi, loyiha qiymati  1 mln 268 ming 550 AQSH dollari bo‘lgan mazkur korxonaning Xitoy kabi etakchi mamlakatda ishlab chiqarilgan 102 ta zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanganligi kelajakda mazkur korxona mahsulotlarining nafaqat ichki iste’mol uchun, balki eksport qilish imkoniyatlarini ham mustahkamlashda muhim omil bo‘ladi.

Shu kuni ramziy bog‘ich qirqilgach mehmonlar korxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

2015-12-05_1424152015-12-05_1426472015-12-05_1424442015-12-05_1426292015-12-05_1425342015-12-05_142612

Foto: Botir Qudratov

Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 5-12-2015, 15:00
0
2323

Похожие публикации


Наверх