Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13,7 foizga oshdi

Jizzaxda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  13,7 foizga oshdi

Viloyat faollarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yil o‘tgan to‘qqiz oyi yakuniga bag‘ishlangan  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi   majlisida   belgilab berilgan   vazifalarning ijrosi hamda yil yakuniga qadar  amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarilari, boshqarma va bo‘limlari, davlat va jamoat tashkilotlari  rahbarlari, shahar, tuman xokimlari, o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tgan  yig‘ilishni viloyat hokimi  Sayfiddin Ismoilov boshqarib bordi.

Faollar 2015 yilning o‘tgan to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilishib, yilni barcha sohalarda muvaffaqiyatli yakunlash, kuzgi-qishki mavsumni puxta tayyorgarlik bilan boshlash uchun oldinda turgan eng   vazifalar belgilab olishdi.

Yig‘ilishda yilning o‘tgan davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 2014 yilning shu davriga nisbatan  8,9 foizni tashkil etganligini, shu jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 13,7 foizga, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 6,8 foizga,  qurilish ishlari 11,1 foizga,  chakana tovar aylanishi 19,3 foizga o‘sganligi ijobiy natija ekanligi  qayd etildi.

Ma’ruzachilar va muzokaralarda ishtirok etganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 mayda qabul qilgan  «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ishbilarmonlar foydalanadigan imkoniyatlar ko‘lamini kengaytirganligini alohida e’tirof etishdi. Ushbu qarori ijrosini ta’minlash yuzasdan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 959 ta kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, ularning soni 9 ming 106 tani, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 81,6  foizni tashkil etdi.

Kichik biznesni sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 284,7 milliard so‘m, shu jumladan, sanoat sohasini rivojlantirish uchun 57,9 milliard so‘m kreditlar ajratildi. Natijada sanoat sohasida 172 ta, qishloq xo‘jaligida 618 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 638 ta loyiha amalga oshirildi.

Iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni  sog‘lomlashtirish va bo‘sh turgan ob’ektlar negizida ishlab chiqarishini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 78 ta korxona faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarga erishildi.

Viloyatda mahalliylashtirish dasturi doirasida 5 ta korxonada 44,6 millard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 3,7 million AQSH dollari miqdorida valyuta iqtisod qilinishiga erishildi.

Barcha manbaalar hisobidan 706,9 milliard so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, 456,8 ming kvadrat metr uy-joy, 265,5 kilometr ichimlik suvi, 36,6  kilometr tabiiy gaz tarmoqlari qurildi.

Joriy yilga mo‘ljallangan dasturga muvofiq 145,8 milliard so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari ishlari amalga oshirilib, 79,1 kilometr avtomobil yo‘llari foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarda 65,5 milliard so‘mlik, respublika ahamiyatidagi yo‘llarda 7 milliard so‘mlik, ichki xo‘jaliklararo yo‘llarda 4 milliard mo‘mlik ta’mirlash ishlari bajarildi.

Yilning o‘tgan davrida namunaviy uy-joylar qurish bo‘yicha Davlat dasturi asosida viloyatning 15 ta massivlarida 234 ta yangi uy-joy qurilishi yakunlandi. Yangi massivlarida 19 kilometr elektr, 22,9 kilometr tabiiy gaz, 22,6 kilometr ichimlik suvi uzatish tarmoqlari, 8 ta bozor va boshqa ijtimoiy inshootlar qurilishi belgilangan reja-jadval asosida davom ettirildi.

Aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan 40 mingdan ko‘proq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ularning 26 ming 826 tasi yoki 67,1 foizi qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu davrda 15 ming 883 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi.

"Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirib, qariyalarning turmush tarzini yanada yaxshilash, dam  olish, davolanishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilayotir.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 iyuldagi  "2015-2016 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari, ko‘p qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama etishda tegishli tarmoq rahbarining axborotlari eshitilib, tabiiy gaz, elektr, suv, issiqlik uzatish tizimlaridagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Faollar yig‘ilishi ishtirokchilari erishilgan yutuqlarni e’tirof etish  bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar bildirishdi. Jumladan, viloyatda ro‘yxatdan  kichik biznes sub’ektilaridan bir qismi faoliyat ko‘rsatmayotgani, turli sabablar bilan 507 ta sub’ekt tugatilgani jiddiy tanqid qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda G‘allaorol, Arnasoy, Jizzax tumanlarida sanoat sohasida, Do‘stlik, Zomin, Paxtakor tumanlarida  mahalliylashtirish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilmagani, Forish, Yangiobod tumanlarida bandlik dasturi ijrosi ta’minlanmagani ushbu hududlarda bu yo‘nalishlarda etarli ish olib borilmaganlik natijasi deb baholandi.

Bildirilgan tanqidiy fikrlar yuzasidan tegishli soha va tarmoq rahbarlarining javoblari eshitildi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirilib, amalga oshirladigan ishdan aniq vazifalar belgilab olindi.

Viloyat faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rnibosari Bahodir Hodiyev so‘zga chiqdi.

Faollar yig‘illishida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 30-10-2015, 12:25
0
779

Похожие публикации


О сайте

  • Duis felis tortor, consequat In sed elementum risus. Phasellus venenatis hendrerit pharetra. Suspendisse ultricies malesuada metus, non placerat lectus pellentesque at. Vivamus ut molestie lorem, non bibendum neque. Nam sagittis luctus egestas. Donec libero turpis, faucibus vitae iaculis vel, mattis at tortor.
  • Популярные теги

    Контакты редакции

  • 8 800 123 4567
  • support@example.com
  • Россия, г. Москва, ул. Неизвестная 52/3
  • Powered by DataLife Engine. Все права защищены.
    Наверх