Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo'l ochildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo'l ochildi

2015 yil 26 oktyabr kuni Jizzax viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida Prezidentimizning joriy yil 15 mayda qabul qilingan "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarga doir seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda bir qator nazorat qiluvchi organlar mutaxassislari ishtirok etdilar. 

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish, ularning faoliyat yuritishlari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish bo‘yicha tizimli va keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani xususida gapirdilar. 

Xususan, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 yanvardagi majlisida Davlatimiz O‘zbekiston Prezidenti  Islom Karimov - xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni tez sur’atlar bilan rivojlantirish yo‘lidan barcha g‘ov va to‘siqlarni yo‘q qilish, ularning erkinligini ta’minlashni eng muhim vazifalardan biri qilib belgilab bergan edi. 

Shuningdek, shu yilning 24 aprelida Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlaridagi noqonuniy tekshirishlar va ular faoliyatiga asossiz aralashish holatlari mazkur soha rivojiga jiddiy to‘siq bo‘layotganligi, nazorat organlarining ayrim mansabdor shaxslari tekshirishlarda faqat kamchiliklarni axtarish bilan ovora bo‘layotganligi, tekshirishlarda asosiy e’tibor kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilmayotganligi, ayrim tekshiruvchilar tadbirkorlarning normativ hujjatlarni bilmasligidan foydalanib tekshirishlar tashkil etayotganligi jiddiy tanqid qilingan holda bunday holatlarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. 

Prezidentimizning joriy yil 15 mayda qabul qilingan "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-4725- sonli Farmonida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, xususiy mulkni himoya qilish kafolatlarini kengaytirish masalalari bilan bir  qatorda tadbirkorlar faoliyatiga aralashuvlarni yanada cheklashga qaratilgan  me’yorlar qabul qilindi. 

Xususan, Farmonning 2-bandida barcha nazorat opganlari uchun rejali tekshirishlar davriyligi birxillashtirilib, 2015 yil 1 iyuldan boshlab nazorat kiluvchi organlar tomonidan mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi barcha rejali tekshirishlar ko‘pi bilan 4 yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida esa ko‘pi bilan 3 yilda bir marta nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarori asosida amalga oshirilishi belgilandi. 

Ma’lumki, rejali tekshirishlarni o‘tkazish davriyligi bo‘yicha shunday tartib faqat tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar uchun belgilangan edi. 

Yangi me’yor tadbirkorlik sub’ektlarini  nazorat organlari tomonidan har yili yoki ikki ikki yilda  bir marta  rejali tekshirish o‘tkazish imkonini  cheklab, tadbirkorlarni  tekshirishga ortiqcha vaqt sarflanishining oldini olishga, tadbirkorlarning o‘zining asosiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga ko‘proq imkoniyat yaratilishiga olib keladi,

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni buxgalteriya va boshqa hujjatlarni o‘rganishni talab etmaydigan rejali tekshirishlar muddati 10 kalendar kunidan oshmasligi belgilandi.

Mazkur me’yor ham rejali tekshirishlar o‘tkazish davrida tadbirkorlik sub’ektlarining vaqtini ortiqcha yo‘qotilishining oldini olishga qaratilib, endilikda moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshirishlarning o‘tkazish muddati 3 baravarga qisqartirildi. 

Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, to‘sqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar bo‘yicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish bo‘yicha "Ishonch telefoni" ni hamda bu borada aybdorlarga nisbatan qonuniy choralar qurish tizimi tashkillashtirildi.

Hozirgi kunda, mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Kengash tasdiqlagan 2015 yil tekshirishlar reja jadvalining iyul- dekabr oylariga tegishli qismini qayta ko‘rib chiqib, tegishlicha oxirgi rejali tekshirishlariga 3 va 4 yil to‘lmagan sub’ektlarni reja-jadvaldan chiqarish, shuningdek qabul qilingan yangi me’yorlar asosida tekshirishlarni tartibga solishga doir amaldagi me’yoriy- huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish  bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

 Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 26-10-2015, 15:16
0
701

Похожие публикации


Наверх