Jizzaxda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi

2014 yil 20-21 noyabr kunlari Jizzax shahrida "Ayollarni tadbirkorlikka o’qitish va ularda korxonani samarali yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish” mavzusida seminar trening bo'ldi.

Jizzaxda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi

O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi hamda "Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etilgan ikki kunlik seminarga Jizzax shahri va tumanlardan kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlari, tadbirkorlikni boshlash istagidagi ayollar, tikuvchilik sexlari rahbarlari taklif etildilar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida moliyalashtirilgan tadbirda trenerlar tomonidan "Biznes va tadbirkorlikni boshlash asoslari”, "Biznes konsepsiya va ishni boshlash uchun g’oya”, "Marketing bosqichlari, reja tuzish, bozorni o’rganish, tadbirkorlikni boshlashda mablag’ni jalb etish yo’llari” nazariy va amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.

Ishtirokchilar guruhlarga bo’lingan holda o’z g’oyalarini marketing bosqichlarida ko’rib chiqib, taqdimotlar o’tkazdilar.

Jizzaxda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi 

Jizzaxda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi 

Jizzaxda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi 

Jizzaxda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi

 21 noyabr kuni bo’lib o’tgan seminar treningda tijorat banklari hamda soliq idorasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O’zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonuni, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida tushuncha berildi.

 

Aytib o’tish kerak, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi hamda "Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining ushbu loyihasi joriy yil davomida barcha viloyatlarda tashkil etildi. Unda qariyb 400 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etib, 2013-2014 o’quv yilida kollejlarni bitirayotgan, egallagan kasbi va hunari bo’yicha tadbirkorlik bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan yoshlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, loyihaning dastlabki bosqichida xususan, o’tgan va joriy yilning noyabr-mart oylari davomida respublikamizdagi, ayniqsa chekka tumanlarda faoliyat yuritayotgan kasb-xunar kollejlarida bitiruvchi yoshlar uchun maxsus seminar va biznes-rejalarni tuzish mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi. 



dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 21-11-2014, 21:04
0
2354

Похожие публикации


Наверх