25 августа 2015

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdii

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdii

 

Viloyat Moliya boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni mas’ul xodimlari, hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari hamda partiya faollari ishtirok etdilar.

 

Plenumda O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlab "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekiston!” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi, partiyaning 2015 yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari va ikkinchi yarim yillikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda partiya faoliyatiga oid boshqa masalalar muhokama etildi.

Anjumanda e’tirof etilganidek, istiqlol yillarida mamlakatimizda erishilgan buyuk marralar, ulkan yutuqlar zamirida mustaqillik in’om etgan tengsiz ne’matlar mujassam. Istiqlol eng avvalo, milliy o‘zligimiz, milliy davlatchiligimiz, qadryat va an’analarimiz, tarix va ma’naviyatimiz, eng muhimi, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni qaytarib berdi.  Vatanimiz demokratik yo‘ldan rivojlanib borar ekan, ijtimoiy va ma’naviy hayotimiz umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar mushtarakligiga asoslanishi milliy manfaatlarimizga javob beradigan eng maqbul yo‘l ekanligini hayotning o‘zi isbotladi. "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim, O‘zbekistonim!” shiori ostida nishonlanayotgan mustaqillik shodiyonalari yurtdoshlarimizning o‘z taqdiridan roziligi, yurtimizdagi amalga oshiralyotgan islohotlarga munosabati, ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchini, istiqlol shodiyonalarining chinakam shukuhini o‘zida mujassam etadi. Partiyaning keng jamoatchilik orasida o‘tkazayotgan tadbirlar orqali bu ezgu g‘oyani yanada keng targ‘ib qilish, odamlarimizda  boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosga egalik tuyg‘usi yanada kuchaytirish, islohotlarga faol hissa qo‘shishga da’vat etish partiya tashkilotlari oldida turgan asosiy vazifa ekanligi aytib o‘tildi.

Plenumda partiya tizimida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha muhokama etildi. Jumladan, hisobot davrida ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo‘nalishda partiya tashkilotlari tomonidan jami 400 ga yaqin turli tadbirlar tashkil etildi va ularda 30 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi. Targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida boshlang‘ich partiya   tashkilotlari soni 256 tani, partiya a’zolari soni 12750 mingni tashkil etdi. Joriy "Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturida belgilangan  vazifalar ijrosini ta’minlash borasida "Keksalar doim e’zozimizda” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir joylarda keng ko‘lamda tashkil etildi. Tadbir orqali keksalar, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar holidan xabar olinib, ibratli hayot yo‘li yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatish, yosh avlodda kattalarga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalashga katta e’tibor qaratildi.

Partiya saylovoldi Platformasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish masalasiga ham viloyat Kengashi tomonidan katta e’tibor qaratildi. Partiya viloyat Kengashi va "O‘zbekturizm” MK viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan hamkorlikda "Ekoturizm – iqtisodiyotimizning yangi tarmog‘i”, "Jizzax viloyatida ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari” kabi mavzularidagi davra suhbatlari viloyatning Yangiobod, Baxmal, Mirzacho‘l, Zomin, G‘allaorol, Jizzax kabi bir qator hududlarida tashkil qilindi. Soha mutaxassislari ishtirokida mazkur hududlarda turizmni, xususan, ekologik, madaniy, tibbiy, ilmiy turizmni rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, xalq deputatlari Jizzax viloyat, shahar va tuman Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirish, faoliyati samaradorligini kuchaytirish, partiya saylovoldi Platformasi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning bajarilishida ularning tashabbuskorligi va mas’ulligini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, plenumda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil etildi.

Shuningdek, Plenumda partiya faoliyatiga doir boshqa masalalar ham atroflicha muhokama etildi. Barcha masalalar yuzasidan partiya faollari o‘zlarining fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Uning yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

                                                           

     Dilnoza Hayitova,

O‘zMTDP Jizzax viloyat

Kengashi Matbuot kotibi

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-2]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3]
  • [rating-minus]Не нравится[/rating-minus]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-3]

Похожие новости:

Jizzaxda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim” shiori ostida xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi

Jizzaxda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim” shiori ostida xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi
      Jizzax tumani maishiy xizmat ko‘rsatish kasb – hunar kollejida O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax tuman Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi va tuman

Zominda milliy o‘yinchoqlar festivali bo‘ldi

Zominda milliy o‘yinchoqlar festivali bo‘ldi
O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, partiya Jizzax viloyat va Zomin tuman Kengashlari "Ayollar qanoti” tomonidan Zomin tumanidagi 12 - son bolalar musiqa va san’at

O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati xabarlari

O‘zMTDP Jizzax viloyat Kengashi Axborot xizmati  xabarlari
Yangiobod. "Jizzax viloyatida ekoturizm rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston "Milliy tiklanish”demokratik partiyasi Yangiobod tuman Kengashi tomonidan

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish” DP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Xalq deputatlari mahalliy

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatimizdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, viloyat
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Энг кўп ўқилган
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
"Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida "O’zavtosanoat”
Giyohvandlik-umr kushandasi
Giyohvandlik-umr kushandasi
Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359
Оdam savdosi- millat kushandasi
Оdam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk
VATANNI SEVMOQ LOZIM
VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Jizzax shahar
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
Barchamizga malumki bu yil mustaqilligimiz 26
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
O’zbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
Ma’naviy tarbiya barcha zamonlarda ham eng muhim
Архив