Jizzaxda cho‘yan quyish sexi foydalanishga topshiriladi

«Jizzax» maxsus industrial zonasida «Juita gulshana invest» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi «O‘zbekyengilsanoat» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Xitoy davlatining «Zhejiand Juita Sewing Machine» Co.LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etildi. Korxonaning umumiy loyiha qiymati 3 million AQSH dollaridan oshiq bo‘lib, zamonaviy Yaponiya texnologiyasi asosidagi sanoatlashgan tikuv dastgohlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.


—2013 yilning noyabrida «Jizzax» MIZ hududida sanoatbop tikuv dastgohlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusimiz mamlakatimiz rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi,—deydi qo‘shma korxona rahbari Ravshan Boboyev. —Shundan so‘ng «O‘zbekyengilsanoat» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi ko‘magida ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun xitoylik hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishga erishdik. O‘zaro ahdlashuvga erishganimizdan so‘ng MIZ hududidagi tashlandiq holatga kelib qolgan binoni sotib olib, ta’mirlash, qayta tiklash ishlarini boshlab, uni qisqa fursatda nihoyasiga yetkazdik.

Qo‘shma korxonada hozirda bir necha turdagi tikuv mashinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu yil yengil sanoat korxonalariga 10 ming dona tikuv mashinalari yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda. Asosiy quvvatga erishilgach, yiliga 15 ming dona tikuv mashinalari ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning uchdan bir qismi xorijga eksport qilinadi. Bundan tashqari, korxonada yiliga 7 mingtagacha kiyimlarning yengi va yoqalarini tikuvchi, kiyimlardagi ikki chokni bir-biriga ulab tikadigan (averlok) dastgohlar ishlab chiqariladi.

Endilikda korxonada ishlab chiqarishning yangi tarmoqlari ochilishi ko‘zda tutilayati. Yaqin kelajakda ishlab chiqarilayotgan tikuv mashinalarining qismlarini yurtimizda tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda mahalliylashtirish dasturiga asosan tikuv mashinalari uchun – stol va stullar tayyorlashga kirishilmoqda. Dastgohlarning cho‘yan korpuslari ham Jizzaxda tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun yaqinda cho‘yan quyish sexi foydalanishga topshiriladi.

Umuman, 2017 yilga borib tikuv mashinalari uchun ehtiyot qismlarning kamida 50 foizini qo‘shma korxonaning o‘zida tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ip o‘rash dastgohlarini ishlab chiqarish, trikotaj mahsulotlarini tikishda keng foydalaniladigan yarim sun’iy iplar, kiyimlar uchun bezak toshlari, molniyalar (molniya-zamok), kiyim-kechaklarni o‘rovchi materiallar tayyorlashni   o‘zlashtirilmoqda. 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 6-08-2015, 10:46
0
1812

Похожие публикации


Наверх