Matbuot anjumani sog‘lom ona va sog‘lom bola tamoyilini qaror topshirishga bag‘ishlandi

2015 yil 15 iyul kuni viloyat hokimligida "Sog‘lom ona – sog‘lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, oilada tibbiy madaniyat darajasini yanada oshirish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirishda targ‘ibot ishlarining olib borilishi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora To‘raeva mavzu yuzasidan OAVlar hamda viloyat miqyosidagi teleradio, gazeta va tarmoq nashrlari  muxbirlarining savollariga javob berish asnosida ma’lum qildiki, viloyatda olib borilgan barcha sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi "2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221-sonli qarori ijrosiga qaratilgan.

Ta’kidlandiki, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom va aqlan etuk bo‘lib voyaga etishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Uning asosiy yo‘nalishlaridan biri onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalarida yangi konseptual yondoshuvlar bo‘lib, ular sog‘lom avlodning dunyoga kelishi va tarbiyalanishiga doir barcha sharoitlarning yaratilishiga yo‘naltirilgan. Bu boradagi asosiy vazifalardan biri aholi reproduktiv salomatligi, ona va bola sog‘ligini mustahkamlash borasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini takomillashtirish, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi guruhlari (ayollar, erkaklar, qaynonalar, o‘smirlar) orasida tibbiy madaniyatini oshirishdir.

Bugun viloyatda 1 million 250 ming 200 nafar aholi bo‘lib,  310 ming 351 nafarini (25,2 %) tug‘ish yoshidagi ayollar tashkil etadi.

Homilador ayollar soni  2014 yil 6 oyida 11791 nafar hisobga olingan bo‘lsa, 2015 yil 6 oy davomida 12017 nafarga etgan. O‘tgan yilning shu davriga  nisbatan bu ko‘rsatkich 226 nafarga ko‘paygan.

Tug‘ruqlar orasidagi intervalni saqlash, fertil yoshidagi ayollarni kontratseptiv vositalar bilan to‘laqonli qamrab olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2015 yil 6 oy davomida jami 32678 nafar ayol (2014 yil 6 oyda 35138 ta) kontratseptiv vositalardan foydalandilar.

Oilada tibbiy madaniyat darajasini yanada oshirish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirishda targ‘ibot ishlarining olib borilishi yuzasidan viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Oila” markazi, "Qalb nuri” markazi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi "Shohrux” shaxmat klubida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida musobaqa, "Matluba” gimnastika saroyida "Sog‘lom oila-mustahkam oila” shiori ostida oilaviy sportchilar o‘rtasida "Otam, onam va men” sportchilar musobaqasi, Jizzax shahrining "O‘zbekiston” mehmonxonasidan "Mustaqillik maydoni”gacha bo‘lgan masofada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yugurish marofoni o‘tkazildi.

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi ish rejasidagi "Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishi”ning 13-14-bandlariga asosan, joylarda sportning voleybol, shashka, shaxmat, stol tennisi, engil atletika va gimnastika, suzish, sinxron suzish sport turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.

An’anaviy "Ayollar sport festivali”ning viloyat bosqichi 25 iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan mahallalarda 5 ta sektorlar faoliyat olib bormoqda. Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik asosida viloyat hokimining 2015 yil 23 fevraldagi 34-f-sonli farmoyishiga ko‘ra tuzilgan ishchi guruhi ishini yo‘riqnoma asosida samarali faoliyat ko‘rsatilishini nazoratga olish, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni hal etish borasida har hafta yakuni bilan hududlarda tashkil etilgan 5 ta jamoatchilik sektorlarida ishchi guruh a’zolari ishtirokida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, "Oilaga kirish” sektori bo‘yicha 14863 ta, "Salomatlik” sektori bo‘yicha 22677 ta, "Bandlik” sektori bo‘yicha 5734 ta, "Ta’lim va tarbiya” sektori bo‘yicha 6064 ta, "Jinoyatchilik profilaktikasi” sektori bo‘yicha 3440 ta tadbirlar o‘tkazildi.

Viloyat "Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi hamda bilan hamkorlikda fuqarolar yig‘inlarida aholi o‘rtasida "Sog‘lom ona-sog‘lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirishda muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan,  PQ-2221-sonli qaror hamda "Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan jamoat fondi hamda tuman (shahar) hokimliklari bilan birlikda tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, joylarda davolanish-profilaktika muassasalari etakchi mutaxassislari ishtirokida joylarda oyda bir marotaba manzilli "Fertil yoshidagi ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini mustaxkamlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. SHuningdek, barcha mahallalarda "Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va muassasalarinining etakchi mutaxassislari ishtirokida chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Viloyatdagi 306 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tishini ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘inlari maslahatchilari tomonidan joylarda 100 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, Jizzax shahrida hamkor va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida "Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” "YOshlik beboshlik”, "YOshlarni erta nikoh qurishlarining salbiy oqibatlari” mavzusida fuqarolar yig‘inlari hamda ta’lim muassasalarida targ‘ibot-tashviqot tadbiri va davra suhbatlari o‘tkazilib, tadbirlarda ishtirok etgan mahalla faollari va yoshlarga "Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, "Erta va kech nikohlanuvchi shaxslarda skrining tekshiruvlarning ahamiyati”, "Irsiy kasalliklar”, "Genetika to‘g‘risida tushuncha” mavzularda tushuntirishlar berildi. "Oila axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish”, "Sog‘lom farzand tug‘ilishi va tarbiyasi” mavzularda  tibbiyot birlashmasi hamkorligida yig‘ilishar o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qiluvchi bukletlar tarqatildi. Oilaning ijtimoiy-psixologik muammolari, "Erta nikoh va ajrimlarning oldini olish”, "Oilaning huquqiy asoslari” mavzusida mahalla fuqarolar yig‘inlarida faollar va aholi ishtirokida davra suhbatlar o‘tkazildi. Mahallalardagi onalar uchun alohida bolalar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi, bolalar kasalliklarni oldini olish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash to‘g‘risida birlashma mahalla pediatrlari QVP vrachlari, potronaj hamshiralari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. To‘g‘ri ovqatlanish sog‘lom turmush tarzi bolalar kasalliklarini oldini olish bo‘yicha sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. SHuningdek, axolining ona va bolalar sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlashga doir bilimlarni oshirish maqsadida "Oilada o‘zaro hurmat va mehr oqibat tuyg‘ularini shakllantirish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish” mavzusida mahalla oqsoqollari, vrachlari, Salomatlik markazi mutaxassislari ishtirokida mahalla fuqarolar yig‘inlari davra suhbatlari va tadbirlar o‘tkazildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Senator Gulnora To‘raeva, shuningdek, matbuot anjumanida ishtirok etgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i v.b. Alisher Usmonov, Paxtakor tumani hokimining o‘rinbosari F.Nurmatova, "Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi direktori Mamlakat Aripova, "Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari N.Yakubov, "Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo‘limi direktori Farog‘at Sattorovalar  jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha ma’lumot berdilar.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 15-07-2015, 17:29
0
1422

Похожие публикации


Наверх