27 июнь 2015

Jizzaxda “Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar o’tkazildi

Jizzax shahrida "Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Mazkur tadbir BMT Taraqqiyot Dasturining "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash”: 2-bosqich  loyihasi doirasida viloyat hokimligi, BMTTD loyihasi va Toshkent moliya intsituti bilan hamkorligida tashkil etildi.

Seminar-treningda xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari, hokimliklar va boshqarmalarning mas’ul xodimlari  qatnashdilar.

O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining mazmun va mohiyatini targ’ib qilish, byudjet tizimi va jarayoniga doir bilim va ko’nikmalarni oshirishga qaratilgan ushbu anjumanda ishtirok etgan BMT TD loyiha rahbari o’rinbosari O.G’aybullayev mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining byudjet bo’yicha vakolatlarini mustahkamlash masalalariga atroflicha to’xtaldi. 

Ta’kidlash joiz, BMT TD loyihasi bilan hamkorlikda mahalliy byudjetlardan samarali foydalanishda ijroiya va vakillik organlari roli” mavzusida metodik qo’llanma ishlab chiqilgan. Shuningdek, moliya vazirligi bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy vakolatlarini kuchaytirish maqsadida Byudjet kodeksiga taklif va o’zgartirishlar kiritish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Bu ishlarni amalga oshirishda, BMT TD loyihasi bilan birga viloyatdagi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari ham ishtirok etishgan.

O’tkazilgan seminar-trening davomida Toshkent moliya institutining o’qituvchilari U.O’roqov, O.Imomqulovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi va tuzilmasi, tizimda mahalliy byudjetlarning o’rni va ahamiyati, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining mohiyati va ahamiyati, byudjetlararo munosabatlar, shuningdek, byudjet mablag’larining sarflanishi, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlari bajarilishi yuzasidan Kengashlar va Parlament nazorati, byudjet jarayonida mahalliy vakillik va ijroiya organlarining faoliyati bo’yicha ma’lumot va zaruriy tavsiyalar berildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Jizzaxda 150ga yaqin mahalliy Kengash deputati malaka oshirdi

Jizzaxda 150ga yaqin mahalliy Kengash deputati malaka oshirdi
  Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashabbusi bilan deputatlik guruhlari bilim va tajribasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘z

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi

Jizzaxda deputatlik guruhlari a’zolari tajribasini oshirishga qaratilgan seminar ish boshladi
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish” DP viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Xalq deputatlari mahalliy

Hukumatning axborot ochiqligi uning aholi bilan mustahkam aloqalari asosidir

Hukumatning axborot ochiqligi uning aholi bilan mustahkam aloqalari asosidir
2015 yilning 18 martida «Poytaxt» biznes-markazida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (Markaz) bilan hamkorlikda «Davlat

Jizzaxda boshqaruv faoliyatining ochiqligi mavzusida seminar bo'ldi

Jizzaxda boshqaruv faoliyatining ochiqligi mavzusida seminar bo'ldi
Jizzax viloyati Ma’naviyat – targ’ibot markazi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi 190-son qarori ijrosi yuzasidan BMTTDning "Mahalliy boshqaruv

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi

Jizzaxda BMTTDning
 Bundan 4 yil avval boshlangan mazkur loyihaning maqsadi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalash, mahalliy boshqaruv organlari hisobdorligi va ularning faoliyati ochiqligini ta’minlash,
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: