Jizzaxda “Sog‘lom hayot sari” yoshlar aksiyasi tashkil etildi

Jizzax shahridagi "Mustaqillik” maydonida Jizzax shahar xotin-qizlar qo‘mitasining "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” loyihasi doirasida ijtimoiy hamkorlikda "Sog‘lom hayot sari” deb nomlangan yoshlar aksiyasi tashkil etildi.

 

Barchamizga ma’lumki, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya etishga o‘rgatish, ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, yoshlarni turli salbiy illatlardan himoya qilish masalasi hukumatimizning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda bir qator huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati” to‘g‘risidagi, aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlashga qaratilgan 2124-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ayni kunlarda joylarda olib borilayotgan "Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” kunlarida shahrimizdagi ta’lim muassalari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari aholi, ayniqsa yosh avlodni barkamol va ma’naviy etuk bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda.

Yoshlarni tibbiy savodxonligini oshirish, ularni milliy an’ana va qadriyatlar ruhida tarbiyalash, turli salbiy illatlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan "Sog‘lom hayot sari” nomli yoshlar aksiyasi Jizzax shahar Xotin-qizlar qo‘mitasining "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevori” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

 

Aksiyani tashkil etishda ijtimoiy hamkorlikka alohida ahamiyat qaratildi. Jumladan, mazkur yoshlar aksiyasining hamkorlari O‘zbekiston "Milliy tiklanish”demokratik partiyasi shahar kengashi, viloyat "Istiqlol avlodi” ma’rifat-targ‘ibot markazi hisoblanishadi.

Aksiyada ishtirokchilarining tibbiy va ijtimoiy-siyosiy savodxonliklari, jamiyatdagi faolliklarini oshirishga  qaratilgan savollar asosida  ularning bilim va tushunchalari sinovdan o‘tkazildi.

 

Aholi, xususan yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan kasalliklar va salbiy illatlardan himoya qilish, yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari loyiha hamda aksiya tashkilotchilarining  asosiy maqsadi hisoblanadi.

Aksiya yakunida faol ishtirokchilar O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Nigora Muxtorova -  "Qizlar tarbiyasi-kelajak poydevoriloyihasi ijrochisi                                  

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 22-06-2015, 13:23
0
929

Похожие публикации


Наверх