21 апреля 2015

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Ayni shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2015 yil 19 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasi fuqarolari — 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to’g’risida"gi hamda shu yilning 6 martidagi "1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida"gi farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar uyushtirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax shahridagi "Hyp" tantanalar majmuasining kichik zalida bo’lib o’tdi. Unga ko’ksini jangovar orden va medallar bezab turgan Jizzax shahri va tumanida istiqomat qiluvchi otaxon va onaxonlar to’kin dasturxon atrofiga taklif etildi.

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

Tadbirni viloyat hokimi Sayfiddin Ismailov kirish so’zi bilan ochar ekan, yig’ilganlarni umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G’alabaning 70 yilligi bilan muborakbod etdi.

— El boshiga ish tushgan o’sha suronli yillarning mashaqqat-u, zahmatini o’z ko’zingiz bilan ko’rgansiz, — dedi viloyat hokimi. — Dorilamon kunlarga, porloq kelajakka bo’lgan ishonch urushga otlanganlarni jon berib, jon olishga, front ortidagilarni esa kunni tunga ulab mehnat qilishga chorlaganligini biz juda yaxshi bilamiz. Har biringizning jasorat-u, matonatingiz e’zozga lo­yiq. Sizlarga O’zbekistan Respublikasi Prezidenti nomidan "Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70 yilligi” esdalik yubi­ley medali hamda bir martalik pul mukofotlarini topshirish baxtiga muyassar bo’lganligimdan faxrlanaman.

Bir piyola choy ustida o’tgan kunlarni iztirob bilan eslagan nuroniylar bugungi tinch va osuda hayot qadriga yetmoqlik, uni yovuz kuchlardan saqlamoqlik o’zini shu yurt farzandiman degan har bir kishining vazifasi ekanligini alohida ta’kidladilar.

— Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Xalqimiz, Prezidentimiz ardog’ida hayot kechirayotganligimga shukronalar aytaman, — deydi Jizzax shahri Sangzor mahallasida yashovchi urush faxriysi Zubarjat Begtagirova. — Barcha faxriylar qatori men ham mahalla-kuy ardog’idaman. Bugun­gi tadbirda ishtirok etib, safdoshlarim bilan suhbatlashdim. O’tganlarni yodga oldik. Fax­riylar qadrlanayotganligidan, bizlar uchun barcha qulayliklar muhayyo etilayotganligidan ruhim tetiklashmokda. Qalbim quvonchga to’lib, kuch-quvvatim oshayapti. Viloyatimiz hokimi Prezidentimiz nomidan ko’ksimga yubiley medali taqib, qo’limga mukofot puli topshirganlarida beixtiyor ko’zlarim quvonch yoshlariga to’ldi.

Ko’ksiga yubiley medali taqilgan Haydar ota Egamqulov ham hayajonini yashirolmadi.

— Bu yil 91 bahorni qarshiladim. Frontga otlanganimda 18 yoshga to’lmagan navqiron yigit edim. Belorusdan Berlingacha bo’lgan jangovar yo’lni bosib o’tdim. Urushning oti o’chsin. Uning dahshatlarini biz ko’rdik, farzandlarimiz ko’rmasin. Hayotim davomida turli zamonlarni, turli tuzumlarni boshdan kechirdim. Lekin, bugungiday inson qadr-qimmati e’zozlangan davrni endi ko’rayapman. Prezi­dentimiz 2015 yilni "Keksalarni e’zozlash yili" deb nomlashining o’zi ham biz faxriylar uchun oliy mukofot bo’ldi. Iloxim, yurtimizga ko’z tegmasin. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin.

Ma’lumot o’rnida, bugungacha 169 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga "Ikkinchi jahon uru­shidagi G’alabaning 70 yilligi" esdalik yubiley medali hamda kasaba uyushmalari, davlat va jamoat tashkilotlarining esda­lik sovg’alari topshirildi.

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi 

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi 

Urush va mehnat faxriylariga mukofotlar topshirildi

 


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-2]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3]
  • [rating-minus]Не нравится[/rating-minus]
  • [rating-plus]Нравится[/rating-plus]
[/rating-type-3]

Похожие новости:

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navro’z” shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel bog’lagan "Mahalla” xayriya

“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturidan o‘rin olgan ustuvor yo‘nalishlar

“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturidan o‘rin olgan ustuvor yo‘nalishlar
2015 yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.  

Jizzax viloyat hokimi faxriylarga bayram sovg’asi topshirdi

Jizzax viloyat hokimi faxriylarga bayram sovg’asi topshirdi
 Yaqinda Jizzax viloyat hokimi Sayfiddin Ismoilov ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, ularga bayram sovg‘alarini ulashish

Jizzaxda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi nishonlandi

Jizzaxda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi nishonlandi
 Jizzax shahridagi Yunus Rajabiy nomli viloyat musiqali drama teatrida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Энг кўп ўқилган
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
Yangi avtomobil’ zavodi qurilishi boshlandi
"Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida "O’zavtosanoat”
Giyohvandlik-umr kushandasi
Giyohvandlik-umr kushandasi
Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359
Оdam savdosi- millat kushandasi
Оdam savdosi- millat kushandasi
  Ona diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk
VATANNI SEVMOQ LOZIM
VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Jizzax shahar
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
MILLATLARARO BAG'RIKENGLIK, HAMJIXATLIK - MUSTAQILLIK GAROVI
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
O‘ZBEKISTON YOSHLARI DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI
Barchamizga malumki bu yil mustaqilligimiz 26
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
O’zbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT
Ma’naviy tarbiya barcha zamonlarda ham eng muhim
Архив