20 ноября 2017

“2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzuida seminar o’tkazildi

“2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzuida seminar o’tkazildi

 

Jizzax shahridagi 
"Grand Fayz” mehmonxonasida "2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish: Namangan shahri tajribasi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash/2-bosqich” loyihasi hamkorligida amalga oshirildi.

Seminarni Jizzax viloyati moliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Zafar Aliboyev kirish so’zi bilan ochib, mahalliy byudjet uchun o’rta muddatli rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida atroflicha to’xtaldi.

Tadbirda so’z olgan BMTTD "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab quvvatlash/2-bosqich” loyihasi xodimi Orzimurod G’aybullayev o’rta muddatga mo’ljallangan byudjetning yevropa va boshqa rivojlangan davlatlarda muvaffaqiyatli tatbiq etilganligi va ushbu masala O’zbekiston uchun ham muhimligini ta’kidladi. SHuningdek, Moliya vazirligi va BMTTD loyihasi tomonidan o’zbek mutaxassislari uchun Chexiya davlatiga o’quv safari uyushtirilib, ularning tajribasi, Namangan shahrining 2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjeti ishlab chiqilganligiga alohida to’xtaldi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshlig’i Ismonjon Mamajonov O’zbekiston byudjet tizimi, mahalliy byudjetlari, o’rta muddatga byudjetni rejalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari, o’rta muddatli byudjetning hududlarni rivojlantirish strategiyasi bilan bog’liqligi, bu sohada chet el tajribasi bo’yicha ma’ruzalari tinglandi. Namangan shahri tajribasini respublikaning boshqa hududlariga keng targ’ib qilish, qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Namangan shahar moliya bo’limi mutaxassisi Saidmahmud Sultonov shahar o’rta muddatli byudjetini ishlab chiqish,  uni umumxalq muhokamasiga qo’yish, xalq deputatlari Kengashi tomonidan tahlil qilinishi va tasdiqlanishi, o’rta muddatli byudjetni shakllantirish bo’yicha ishlab chiqilgan yangi metodologiyaning asosiy yo’nalishlari bo’yicha taqdimot bilan qatnashdi.

Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar guruhlarga bo’linib, o’rta muddatli byudjet so’rovnomalarini to’ldirishni o’rgandilar.  Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilar bergan savollarga har tomonlama javoblar berildi.

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi

Jizzaxda BMT Taraqqiyot dasturi loyihasining 2015 yilgi faoliyati yakunlari muhokama qilindi
2015 yilning 26 noyabr kuni Jizzax shahrida BMT Taraqqiyot Dasturi «Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich» loyihasining  2015 yildagi faoliyati natijalari va 2016 yildagi ish

Jizzaxda “Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar o’tkazildi

Jizzaxda “Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar o’tkazildi
Jizzax shahrida "Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Jizzaxda BMTTDning "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi hisobot yig'ilishi bo'ldi

Jizzaxda BMTTDning
 Bundan 4 yil avval boshlangan mazkur loyihaning maqsadi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalash, mahalliy boshqaruv organlari hisobdorligi va ularning faoliyati ochiqligini ta’minlash,
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: