10 ноября 2017

Soliq sohasidagi imtiyozlar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi «Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko’rishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida»gi 332-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan "Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilarga berilgan soliq imtiyozlarini (boj to’lovlaridan tashqari) Jizzax viloyatining barcha tumanlarida (Jizzax shahri bundan mustasno) yangidan tashkil etilayotgan sanoat korxonalariga investitsiya hajmlaridan qa’tiy nazar tatbiq etiladi. Masalan, Siz o’z istiqomad qilayotgan tumaningizda MCHJ shaklida sanoat korxonasini tashkil etdingiz. Sizning ushbu korxonangiz soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to’lovi to’lovchisi va qonunchilikda belgilangan tartibda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan sof tushumdan 5 foiz soliq stavkasida soliq to’lash majburiyati mavjud.

Agarda, ushbu korxona bir yil davomida jami 500.000.000 (besh yuz millon) so’mlik sof tushumga ega bo’lgan taqdirda, 25.000.000 (yigirma besh millon) so’m yagona soliq to’lovidan ozod etiladi. Soliq imtiyozi asosida ushbu mablag’ o’z foydangizga qolib, korxonani yanada rivojlantirishga va qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishga imkoniyat yaratadi.

Xuddi shu kabi, agar korxonangiz byudjetga umumbelgilangan tartibda soliq to’lovchisi bo’lsa, yer solig’i, daromad (foyda) solig’i, yuridik shaxslar mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalaridan ozod etiladi.

 

Fermer xo’jaliklariga imkoniyatlar

Jizzax viloyati fermer xo’jaliklari paxta xom ashyosini yig’ib-terib olish uchun mavsumiy ishlarga jalb etiladigan xodimlarning mehnatga haq to’lash fondi bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovdan ozod qilinadi. Masalan, biror fermer xo’jaligi gektariga 30 sentner paxta hosili beradigan 50 gektar yer maydoniga ega bo’lsa normativga ko’ra har bir gektarga 0,55 nafar ishchi, 50 gektarga 28 nafar ishchi xodim bo’lishi lozim.

Ishchining o’rtacha ish haqi 400.000 so’m, 28 nafar ishchining bir oylik ish haqi fondi 11.200.000 so’mni tashkil qiladi.

Hozirda, 11.200.000 so’m ish haqi fondi uchun qonunchilikda o’rnatilgan 15 foiz soliq stavkasida yagona ijtimoiy to’lov summasi 1.680.000 so’mni tashkil qiladi. Demak, yagona ijtimoiy to’lovni 5 foiz stakasi hisoblash asosida fermerda bir oyda 1.120.000 so’m, bir yilda 10.080.000 so’m xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.

SHuningdek, paxta terimi vaqtida mavsumiy ishlarga jalb qilingan xodimlarga to’lanadigan terim pullari bo’yicha 5.625.000 so’m yagona ijtimoiy to’lavdan ozod etildi. Bu esa fermerning daromadiga daromad qo’shadi. Eng muhimi, ushbu tejalgan mablag’lar o’z foydangizga qoladi.

 

Yаkka tartibdagi tadbirkorlarga imtiyozlar

YAkka tartibdagi tadbirkorlarni qat’iy soliq to’lashdan ozod qilish belgilandi.

Masalan, tumanlarning birida sartaroshxona faoliyatini ko’rsatmoqchi bo’lgan tadbirkorlar ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun qonunchilikda o’rnatilgan tartibda bir oyda eng kam oylik ish haqining yarmi (74.887 so’m) barobari miqdorida qat’iy belgilangan soliq va eng kam oylik ish haqining bir (149.775 so’m) barobari miqdorida sug’urta badali (pensiya jamg’armasida ish staji hisoblash uchun asos bo’ladi) undirib kelingan. Mazkur qaror asosida maishiy xizmat soxasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqdan ozod etildilar. Bu esa tadbirkorlarning bir oyga 74.887 so’m, bir yilga 898.650 so’m mablag’lari o’z foydalariga qoladi.

 

Aholi uchun qulaylik

Jizzax viloyatining issiqxonalar tashkil etgan va ularda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon xo’jaliklari va jismoniy shaxslarning quyidagi shartlarda yer solig’idan ozod qilish, issiqxona maydoni:

jismoniy shaxslar uchun – kamida 100 kvadrat metr (1 sotix);

dehqon xo’jaliklariga ajratilgan yer uchastkasida kamida 500 kvadrat metr (5 sotix) bo’lganda.

Masalan, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar G’allaorol tumanida 600 kvadrat metr (6 sotix) yer maydonida shaxsiy uy-joyiga ega. SHundan, 400 kvadrat metrda (4 sotix) uy-joy joylashgan, qolgan 200 kvadrat metr yer maydoni bo’sh turibdi. SHu bo’sh turgan yer maydoniga issiqxona tashkil etilib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini (masalan: pomidor va bodring) yetishtirilsa, mazkur yer maydoniga solinadigan yer solig’idan ozod etiladi.

Hozirda, 600 kvadrat metr uchun qonunchilikda o’rnatilgan soliq so’mmasi  80.520 (sakson ming besh yuz yigirma) so’mni  tashkil  qiladi. SHu 100 kvadrat metr yer maydonida issiqxona tashkil etib, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirilgan taqdirda xonadon egalari 80.520 so’mlik soliqdan ozod etiladi.

Qolaversa, ushbu mablag’ va yetishtirilgan mahsulotlari esa ularning qo’shimcha daromad olishlariga imkoniyat yaratadi. Asosiysi ushbu ishlarni amalga oshirish uchun hech bir davlat organidan yoki tashkilotdan ro’yxatdan o’tish yoki ruxsat olish talab etilmaydi.

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI
Jizzax shahrining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjetning parametrlari to‘g‘risida      

“Yagona darcha” tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi

“Yagona darcha”  tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi
Mamlakatimiz  taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutadi. Shu bois ularni yanada rivojlantirish, soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar

Tadbirkorlik faoliyatida qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda

Tadbirkorlik faoliyatida qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda
2015 yil 15 mayda Prezident Islom Karimovning "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf
Энг кўп ўқилган
Эрк излаган кўнгил
Эрк излаган кўнгил
  Ҳозирги вақда Жиззах
Шароф Рашидовнинг оила аъзолари билан учрашув ўтказилди
Шароф Рашидовнинг оила аъзолари билан учрашув ўтказилди
Давлат арбоби Шароф Рашидовнинг 100 йиллиги
«Барчамиз истеъмолчи»
«Барчамиз истеъмолчи»
2017 йил 17 октябрь куни Жиззах давлат педагогика
Sharof Rashidov buyumlari xarid qilinadi
Sharof Rashidov buyumlari xarid qilinadi
Davlat arbobi Sharof Rashidov bilan bog'liq
«Барчамиз истеъмолчи»
«Барчамиз истеъмолчи»
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси
Жиззах шахар хокими қарори
Жиззах шахар хокими қарори
Шаҳариқтисодиёти тармоқлари ва
МИБда меҳнат ярмаркаси ўтказилди
МИБда меҳнат ярмаркаси ўтказилди
2017 йил 2 ноябрь куни Жиззах шаҳрида
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззахга келди
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззахга келди
Бугун, 6 ноябрь куни Жиззахда атоқли давлат
Архив