14 март 2015

Chiroyidan ko‘z quvnaydi, dil quvonadi

Jizzax viloyati mahallalari bugun kun sayin chiroy ochayotir: keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy turarjoylar, savdo va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ular ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shyapti.

Bekpo‘lat TOG‘AEV.

Jizzax — Paxtakor katta magistral yo‘li ustidagi «Uchtepa» mahallasi ana shunday so‘lim go‘shalardan.

— Bu joy bir paytlar cho‘lu biyobon edi, — deydi Jizzax tumanidagi mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abduqayum Mallayev. — Bunyodkor xalqimiz cho‘lga hayot bag‘ishladi.

Biroq yaqin o‘tmishga nazar tashlasak, qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, odamlar turmush darajasini yaxshilashga yuzaki qaralganiga guvoh bo‘lamiz. Oqibatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha qishloq bilan shahar o‘rtasida katta tafovutlar yuzaga kelgan edi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizdagi boshqa mahallalar qatorida «Uchtepa» ham obod maskanlardan biriga aylandi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining 2009 yil 3 avgustda qabul qilingan «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunonchi, mahalla hududida 2012-2013 yillarda 153 ta namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joy barpo etildi. Joriy yilda bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish belgilangan. Jumladan, dastur asosida hududda yana 323 ta uy-joy barpo etishga kirishilgani mahallaning ertasi bundan-da porloq ekanidan dalolatdir.

Bunyod etilgan yangi uy-joy massivlari hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholining ko‘rkam va shinam uylarda, barcha qulayliklarga ega zamonaviy mahallada osoyishta, farovon turmush kechirishini ta’minlamoqda. Ko‘rkam massivlarda keng va ravon yo‘llar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilayotir, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan ta’minlanayotir. Kommunikatsiya tarmoqlari barpo etilayotgani odamlarning  shaharnikidan qolishmaydigan sharoitlarga ega uylarda yashash ishtiyoqini kuchaytirmoqda.

— Tanlab olingan namunaviy loyihalar asosida uch, to‘rt va besh xonali uy-joylar sharqona usulda, xalqimizning milliy hayot tarzi, hududning tabiiy iqlim sharoiti, shu bilan birga, zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari bilan uyg‘un holda bunyod etilmoqda, — deydi A.Mallayev.

Mahalla guzari katta yo‘ldan o‘tgan har bir kishining e’tiborini o‘ziga tortishi tabiiy. Guzardagi bozor, maishiy xizmat ko‘rsatish uyi, issiq non sexi, zamonaviy kichik futbol maydonchasi, bolalar o‘yingohi aholi xizmatida. Mahalla hududida faoliyat ko‘rsatayotgan «Otabek — Haqiqat» xususiy ishlab chiqarish korxonasi 60 nafar yoshni doimiy ish bilan ta’minlagan. SHu kunlarda tadbirkor Odil Ahmedovning harakatlari bilan junni qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi korxonani tashkillashtirish jarayoni boshlandi. Bu erda yaqin bir-ikki oy mobaynida 80 nafar yosh doimiy ishli bo‘ladi.

Ha, mahalla institutini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli yurtimiz yanada obod bo‘lib bormoqda. Buni «Uchtepa» mahallasida olib borilayotgan islohotlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Mahsulotdan mijozlar mamnun

Mahsulotdan mijozlar mamnun
«Sangzor» mahallasi Jizzax shahrining qoq o‘rtasidan oqib o‘tadigan daryo bo‘yida joylashgan. SHuning uchun ham mahalla daryo nomi bilan yuritiladi. Mahallada tadbirkorlik va oilaviy

“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturidan o‘rin olgan ustuvor yo‘nalishlar

“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturidan o‘rin olgan ustuvor yo‘nalishlar
2015 yilning 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

G'ururi baland jizzaxliklar

G'ururi baland jizzaxliklar
 Jizzax shahar hokimligida faollar yig’ilishi bo’ldi. Unda Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faollik ko’rsatgan korxona va tashkilotlar, muassasalar

Zomin shahrining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga rivojlanish istiqboli belgilandi

Zomin shahrining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga rivojlanish istiqboli belgilandi
 Ma’lumki, «Davarxitektqurilish” qo‘mitasining 2014 yil 10 noyabrdagi 2-sonli qarori bilan Jizzax viloyati Zomin shahrining bosh rejasi tasdiqlandi.

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
 Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: