07 ноября 2014

So’nggi savdo

Xayrobodlik Akbar Nazarmatov T.Ortiqov va X.Usmonovlarga Qozog’iston Respublikasida ularbop ish borligini, oyiga 300 AQSH dollaridan maosh berilishini aytib, qiziqtirib qo’yadi. Sodda qishloq odamlari Akbar Nazarmatovga ko’rsatayotgan "g’amxo’rligi” uchun minnatdorchilik bildirishadi:

-Bizdan qaytmasa xudodan qaytsin!

 

 

Lekin A.Nazarmatovning rejalari boshqacha edi. U bu sodda odamlarni Qozog’istonga olib borgach, har biri uchun ish beruvchilardan 300 AQSH dollaridan olishni mo’ljallab qo’yadi. Shunday bo’ldi ham. Akbar Qozog’istonga borib tanishlaridan ish surishtiradi. Tanishlari Karagalinka tumanida Vitaliy degan kimsa bilan tanishtirib qo’yadi. Akbar o’z vatandoshlarini nasl-nasabi noma’lum bo’lgan Vitaliyga topshirib, ular hisobidan 600 dollarni cho’ntagiga urib g’oyib bo’ladi. Ammo bu Akbar Nazarmatovning o’z vatandoshlarini xorijiy davlatlarga olib borib, turli odamlarga pullab kelishdagi so’nggi savdosi bo’ldi.

T. Ortiqov va H. Usmonovlar halol, chin ko’ngildan mehnat qilishadi. Ammo ish beruvchi maoshlarini berishni hayoliga ham keltirmaydi. Sababini so’raganlarida ish haqlarini Akbar Nazarmatov olib ketganini aytishadi. Ular ming azob bilan O’zbekistonga qaytib kelishadi va huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat etishadi. Sud O’zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 2-qismining "b,z” bandlariga asosan JKning 57-moddasini qo’llab, Akbar Nazarmatovni uch yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.

Elyor Abduvaliev – jinoyat ishlari bo’yicha Yangiobod tuman sudi raisi


dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati

2015 yilning asosiy moliyaviy hujjati
 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdаgi majlisida mamlakatimizning 2015 yilgi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari, shuningdek, soliq va budjet siyosatining asosiy

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga

Sotuvchi qamoqqa, xaridor davolanishga
 Afsuski, giyohvandlikka qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganiga qaramasdan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanuvchilar va ularning xaridorlari hamon uchrab turibdi.

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Jurnalistlar uchun “Viloyatda onalar va bolalar salomatligi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi
 Jizzax shahrida «Oila institutini mustahkamlash asosida bola farovonligi masalalarini yoritishda O’zbekiston OAV salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida "Viloyatda onalar va bolalar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar

140 nafar “Orasta qizlar” respublika bosqichida bellashdilar
 M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filialining majlislar zalida "Orasta qizlar” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. 

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla, 540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi

Jizzax shahridagi 3 ta mahalla,  540 ta ko'cha va 1ta xiyobon nomi o'zgardi
 Jizzax shahar hududidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish to’g’risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qarori