18 октября 2017

Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriAsalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat "Aloqabank”ning (keyingi o‘rinlarda AT "Aloqabank” deb ataladi) "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-xuquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

asalarilar uchun sun’iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga ko‘maklashish va ushbu tajribani keng qo‘llash hisobiga asalarichilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;

asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or usullarni joriy etish ishlariga ko‘maklashish;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan, xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog‘iga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.

3. "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 27 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.

4. Uyushmani tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va uning kelgusi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Ishchi guruh (Z.T.Mirzayev) ikki oy muddatda:

Uyushmani tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar hal etilishini, uning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;

Uyushmaning markaziy apparati yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va AT "Aloqabank” Uyushmaning "Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirishi bilan bog‘liq barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlarni ta’minlasin.

6. Belgilab qo‘yilsinki:

Uyushma raisi va uning o‘rinbosari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;

Uyushmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini moliyalashtirish Uyushmaga a’zo bo‘lgan tashkilotlarning a’zolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Uyushmani tashkil etish hamda uning faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlar, Uyushmaning "Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirish va a’zolik badali to‘lovlari dastlabki uch yil davomida AT "Aloqabank” mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va AT "Aloqabank” tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda asalarichilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Uyushmaning buyurtmanomasiga asosan asalarichilik xo‘jaliklariga – Uyushma a’zolariga asalari oilalarini asal yig‘ish mavsumi davomida o‘rmon fondi yerlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qo‘riqxonalari, biosfera rezervatining qo‘riqlanadigan zonasidan tashqari), tog‘ va tog‘oldi hududlari, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanishga bepul beriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab asalarichilik tarmog‘i uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

10. AT "Aloqabank”ning mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

tijorat banklari krediti va lizing kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga asalari uyalari, zarur jihozlar va uskunalar yetkazib berishni tashkil etish va ta’minlash;

asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, uskunalar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, shuningdek, asalni qadoqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib berish.

11. 2023-yilning 1-yanvarigacha belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasiga a’zo tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli materiallar (mahsulot), asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yog‘och va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari, mumparda va mum mahsulotlari bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.

12. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasini joylashtirish uchun ijara haqini "nol” stavkada belgilagan holda zarur bino ajratilishini ta’minlasin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan asalarichilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining viza talabnomalariga binoan asalarichilik tarmog‘ida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirishni ta’minlasin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda asalarichilik tarmog‘ida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 16-oktabr



* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
SHARH

Keyingi yillarda respublikamizda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, sifatli asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ularning ijrosi samarali ta’minlanmoqda.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016-yilga kelib respublikamizda asalarichilik sohasida 12 mingdan ortiq tadbirkor faoliyat ko‘rsatmoqda. Asalarichilik xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Aksiyadorlik-tijorat "Aloqabank” (keyingi o‘rinlarda AT "Aloqabank” deb ataladi) tomonidan 30 milliard so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi. Aholining asal mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2016-yilda 12 ming tonna asal yetishtirildi. Bu 2015-yilga nisbatan 1,2 marta ko‘pdir.

Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, asal ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarasiz foydalanish asalarichilik tarmog‘ining eng zaif bo‘g‘ini hisoblanadi. Natijada asalari oilalarining mahsuldorligi 20 kilogrammdan oshmaydi, bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ham pastdir. Asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, asal yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish va yuqori texnologik usullaridan foydalanish masalalariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22-23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida asalarichilikni yanada rivojlantirish va aholini arzon asal mahsulotlari bilan ta’minlashdagi kamchiliklar, muammolar va mavjud imkoniyatlar keng muhokama qilingan edi.

Asalarichilik tarmog‘idagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tashkil etildi.

"O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining asosiy vazifalari etib asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish belgilab qo‘yildi.

Uyushma tizimiga joylarda asalarichilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 13 ta doimiy vakil kiritildi.

Ushbu qaror bilan "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining "Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lishi nazarda tutilgan.

Uyushmani tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamda Uyushmaning "Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirish, a’zolik badali to‘lovi dastlabki uch yil davomida AT "Aloqabank” mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, qaror bilan asalarichilik sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash maqsadida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan.

AT "Aloqabank” huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida lizing kompaniyasi tashkil etiladi, unga tijorat banklari kreditlari va lizing kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan asalari uyalari, ular uchun zarur jihozlar, anjomlarni va asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalni qadoqlash texnologik liniyalari va boshqa lizing ob’ektlarini lizing asosida yetkazib berish vazifasi yuklatilgan.

Asalarichilik xo‘jaliklari tomonidan asal yig‘ish mavsumi davomida o‘rmon fondi yerlaridan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan (davlat qo‘riqxonalari, biosfera rezervatining qo‘riqlanadigan zonasidan tashqari), tog‘ va tog‘oldi hududlaridan, tabiiy pichanzor va yaylovlardan hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha "O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasiga a’zo tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli materiallar (mahsulot), asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashuvchi maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yog‘och va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mumparda va mum mahsulotlarini 2023-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etish bo‘yicha imtiyoz berildi.

Mazkur qaror bilan asal yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga, asalari paketlari bilan xo‘jaliklarni ta’minlashga, asal yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan 2017-2021-yillarda asalarichilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu qarorga muvofiq asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017-yildagi 15,4 ming tonnadan 2021-yilga borib 23,7 ming tonnagacha yetkazish nazarda tutilgan.

Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi asalarichilikning barcha sohasini qamrab olgan holda, uning jadal rivojlanishini ta’minlovchi yagona boshqaruv tizimini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, asal yetishtirish hajmlarini keskin ko‘paytirish, respublika aholisining asal mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash va sohaning eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.
dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 9 oktyabr kuni "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?

Vazirlar Mahkamasidagi yangi lavozimga qancha haq to'lanadi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 28 sentyabr kuni "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Энг кўп ўқилган
Эрк излаган кўнгил
Эрк излаган кўнгил
  Ҳозирги вақда Жиззах
Шароф Рашидовнинг оила аъзолари билан учрашув ўтказилди
Шароф Рашидовнинг оила аъзолари билан учрашув ўтказилди
Давлат арбоби Шароф Рашидовнинг 100 йиллиги
«Барчамиз истеъмолчи»
«Барчамиз истеъмолчи»
2017 йил 17 октябрь куни Жиззах давлат педагогика
Sharof Rashidov buyumlari xarid qilinadi
Sharof Rashidov buyumlari xarid qilinadi
Davlat arbobi Sharof Rashidov bilan bog'liq
«Барчамиз истеъмолчи»
«Барчамиз истеъмолчи»
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси
Жиззах шахар хокими қарори
Жиззах шахар хокими қарори
Шаҳариқтисодиёти тармоқлари ва
МИБда меҳнат ярмаркаси ўтказилди
МИБда меҳнат ярмаркаси ўтказилди
2017 йил 2 ноябрь куни Жиззах шаҳрида
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззахга келди
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззахга келди
Бугун, 6 ноябрь куни Жиззахда атоқли давлат
Архив