07 октября 2017

Qirg'izistondan O'zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beriladi

Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboevning O'zbekistonga davlat tashrifi va oliy darajadagi O'zbekiston-Qirg'iziston muzokaralari doirasida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:1. O'zbekiston Respublikasi bilan Qirg'iziston Respublikasi o'rtasida chegara hududida ishonch choralari bo'yicha Bitim.

2. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg'iziston Respublikasi Hukumati o'rtasida Havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatish uchun javobgarlikni topshirish to'g'risida Bitim.

3. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg'iziston Respublikasi Hukumati o'rtasida 1996 yil 4 sentyabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to'g'risidagi Bitimga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi Bayonnoma.

4. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg'iziston Respublikasi Hukumati o'rtasida Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Ala-bukin tumanida Orto-tokoy (Kosonsoy) suv omborining suv resurslaridan davlatlararo foydalanish to'g'risidagi Bitim.

5. O'zbekiston Respublikasi «O'zbekgidroenergo» AJ va Qirg'iziston Respublikasi «Milliy energetika xolding kompaniyasi» OAJ o'rtasida Qambarota-1 GESini qurish sohasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum.

6. 2017-2018 yillarda Qirg'iziston Respublikasidan O'zbekiston Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib berish to'g'risida Shartnoma. dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Shavkat Mirziyoev suv ob'ektlarini himoya qilishga qaratilgan qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoev suv ob'ektlarini himoya qilishga qaratilgan qarorni imzoladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 25 sentyabr kuni "Suv ob'ektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston hamda Koreya saylov komissiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston hamda Koreya saylov komissiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomov Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) va Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasining bosh

XITOY, QIRG'IZISTON VA O'ZBEKISTON TEMIR YO'LI BILAN BOG'LANADI

XITOY, QIRG'IZISTON VA O'ZBEKISTON TEMIR YO'LI BILAN BOG'LANADI
 2016 yilda «Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston» temir yo'li qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda, deya qayd etdi Qirg'iziston bosh vaziri Temir Sariev «Birinchi radio» jamoat

O‘zbekiston delegatsiyasi «Markaziy Osiyo — YI» mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi «Markaziy Osiyo — YI» mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2015-yilning 21-dekabr kuni Ostona shahrida (Qozog‘iston) «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» shaklidagi

Oʻzbekiston – terrorchilik xavfi eng kam boʻlgan mamlakatlardan biri

Oʻzbekiston – terrorchilik xavfi eng kam boʻlgan mamlakatlardan biri
Iqtisod va tinchlik instituti analitiklari Oʻzbekistonni dunyo mamlakatlari "Global terrorchilik reytingi — 2015” roʻyxatining eng pastki 124-qatorida joylashtirdi.