O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug'ruqni oldini olish maqsadida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

Jizzax shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan "Maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda voyaga etmagan qizlar orasida bitta ham erta tug‘ruq xolatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hamkorlik tizimini yaratish”ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug'ruqni oldini olish maqsadida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

Yig‘ilishga xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, prokuratura, IIB, xalq ta’limi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari vakillari,  ma’naviyat – targ‘ibot markazi, "Kamolot” YoIH rahbarlari taklif etildilar.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- va 9-sinf o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey  o‘quvchilari orasida 12 yillik majburiy ta’lim muhimligi to‘g‘risidagi g‘oyani targ‘ib qilish, singdirish va mustahkamlashda mazkur tashkilotlarning hamkorligidan keng va samarali foydalanish orqali samarali natijaga erishish mumkin. SHu sababli  bu kabi yig‘ilishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davomat masalalari eng salbiy bo‘lgan tumanning davomati past bo‘lgan kasb-hunar kolleji binosida o‘tkaziladi.

O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug'ruqni oldini olish maqsadida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

- Ayni paytda  hududlardagi rahbarlar o‘rtasida nazorat uchun vazifalar hamda mahallalar taqsimlanib olindi. Endilikda 2,3,4 mart kunlari har bir tuman/shaharchadagi maktablarning 8-9 sinflarida, KHK va ALda "Orasta qizlar” to‘garaklari tomonidan "12 yillik majburiy ta’lim -  biz qizlar uchun o‘ta zarur va muhim” mavzusida haftalik mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Belgilangan yo‘riqnomaga asosan takroran, ayniqsa muammoli hamda avval sust ishtirok etgan qizlar mazkur tadbirlarga jalb etiladi, deydi viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora To‘rayeva.


Shuningdek, mazkur tadbirlarga har bir o‘quv muassasasi joylashgan hududdagi MFYning 5 ta jamoatchilik sektorlarining (salomatlik, bandlik, ta’lim va tarbiya, oilaga kirish hamda jinoyatchilik profilaktikasi sektorlari)bittadan vakili taklif etiladi. Hamkor tashkilotlar tomonidan biriktirilgan  vakillar esa  mahallalardagi jamoatchilik sektorining ishini  haqqoniy bo‘lishini nazoratga olib, mahallaning o‘quv muassasasi bilan hamkorligini doimiy tizimda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.


Eslatma: MFY da jamoatchilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi faoliyat tizimining asl mohiyati mahalla yoshlarining tarbiyasi, ularning 12 yillik majburiy ta’lim jarayoniga qamrab olish hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta tug‘ish va erta turmushga chiqish xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik, yosh oilalar turmushini buzilishini oldini olishda hamkorlik haqidagi O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanovaning tizim yaratishdagi aniq taklifi asosida  MFYlarda amaliyotga qo‘llash maqsadida  5 ta sektordan iborat tizim yaratildi.

O'zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug'ruqni oldini olish maqsadida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova ishtirok etdi va bu borada amalga oshirilishi lozim ishlar yuzasidan takliflarini bildirdi.

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 24-02-2015, 11:17
0
47710

Похожие публикации


Наверх