04 марта 2016

Jizzax shahar hokimi qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 5 yanvardagi 3-sonli, viloyat hokimining

2016 yil 11 yanvardagi 22-sonli qarorlari to‘g‘risida

  Shahar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, balansli va kompleks qurishni ta'minlash yo‘li bilan shaharsozlik va arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 5 yanvardagi "Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-sonli, viloyat hokimining 2016 yil 11 yanvardagi 22-sonli qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida

 

QAROR QILAMAN:

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 5 yanvardagi 3-sonli, viloyat hokimining 2016 yil 11 yanvardagi 22-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining mazkur qarori bilan:

- shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanganligi;

- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti;

- ijtimoiy infratuzilmani, shu jumladan hizmatlar, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish yuzasidan-Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti;

- mavjud tabiiy va mineral - homashyo resurslarni hisobga olgan xolda hududiy sanoatni rivojlantirish yuzasidan -"O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti;

- yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq xo‘jaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash yuzasidan- "O‘zdaverloyixa” yer tuzish ilmiy-tadqiqot instituti jalb etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 24 iyuldagi "Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik xujjatlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-sonli, viloyat hokimining 2014 yil 28 iyuldagi 183-sonli qarorlariga asosan qabul qilingan shahar hokimining 2014 yil 1 avgustdagi 1438-sonli qaroriga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.

4. Ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb xisoblansin.

5. Shahardagi tegishli boshqarma, bo‘lim, tashkilot va muassasalar o‘z normativ-huquqiy xujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli tartibda zaruriy choralar ko‘rsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi o‘rinbosari S.Ortiqov zimmasiga yuklatilsin.

                     Shahar hokimi                                 A. Qobilov

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

O‘RQ-395-sonli, viloyat hokimining 2015 yil 12 dekabrdagi 313-sonli qarorlari to‘g‘risida

O‘RQ-395-sonli, viloyat hokimining 2015 yil 12 dekabrdagi  313-sonli qarorlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 9 dekabrdagi "Elektron hukumat to‘g‘risida”g  i O‘RQ-395-sonli Qonuni, viloyat рokimining 2015 yil 12 dekabrdagi 313-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash,

Jizzax shahar hokimligining 2016 yil I - yarim yilligi ish rejasi to‘g‘risida Jizzax shahar hokimining Qarori

Jizzax shahar hokimligining  2016 yil  I - yarim  yilligi ish rejasi  to‘g‘risida Jizzax shahar hokimining Qarori
 Jizzax shahar hokimligining   2016 yil I - yarim yilligi ish rejasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2016 yil 25 yanvardagi 5-sonli yig‘ilish

O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xаlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI

O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xаlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI
Jizzax shaxrida 2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholibandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida