Naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qo‘yilmoqda

Yurtimizda mustaqillikning ilk kunlaridan ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, soha vakillarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam tizim yaratildi. Ammo mazkur yo‘nalishdagi qonun-qoidalarga rioya etgan holda shug‘ullanishni unutib qo‘yayotganlar ham uchrab turibdi.

Naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qo‘yilmoqda

Ta’kidlash joizki, 2013 yil 24 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda xorijiy valyutani tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash hamda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solishga qaratilgan «Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida xisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Unga muvofiq respublikamiz hududida yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyuta orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish taqiqlangan. Biroq davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida ayrim fuqarolar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida belgilangan tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzayotganliklarini ko‘rish mumkin.

Jizzax viloyatida joriy yilning 9 oyi davomida mazkur qaror ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 13 ta holatda qonunbuzilishlar aniqlandi. Shundan 5 ta holatda 600 AQSh dollariga xaridor bilan o‘zaro xisob-kitob qilingan. Shuningdek, 7 ta holatda 835 AQSh dollari hamda 1 ta holatda 1000 Rossiya rubli savdo shoxobchalari xazinasida saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Masalan Paxtakor tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor Jamol Ismoilovga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida, sotuvchi 50 AQSh dollariga savdoni amalga oshirganligi, savdo shoxobchasiga o‘rnatilgan nazorat kassa mashinasi xotirasiga 155,5 ming so‘m naqd pullar kirim qilinmaganligi aniqlandi. Tadbir davomida shoxobchadagi 1800,0 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar tegishli hujjatlari yo‘qligi bois daliliy ashyo sifatida olindi. Bu kabi holatni Jizzax shahridagi «Milliyev Fayoz» xususiy tadbirkorga qarashli savdo shoxobchasida ham ko‘rish mumkin.

Soliq organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishda shoxobcha sotuvchisi xaridordan olgan 140,0 ming so‘m naqd pulga xarid cheki yoki unga tenglashtirilgan kvitansiya bermaganligi va shoxobchaga o‘rnatilgan nazorat kassa mashinasi xotirasiga savdodan tushgan 200,0 ming so‘m naqd pullar kirim qilinmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari xazinada 100 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘lib, savdo do‘konida 4840,0 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklarini tegishli hujjatlarsiz savdoga qo‘yganligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida olindi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 

Ziyodulla XUDOYQULOV,
Jizzax viloyat DSB bo‘lim boshlig‘i

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета
[rating-type-1]
[/rating-type-1] [rating-type-2][rating-plus][/rating-plus]
[/rating-type-2] [rating-type-3][rating-plus][/rating-plus]
[rating-minus][/rating-minus][/rating-type-3]
Добавлено: 19-11-2014, 14:02
0
1492

Похожие публикации


Наверх