28 апрель 2017

Prezident Jizzaxda xalq bilan muloqot qildi

Prezident Sharof Rashidov tumani «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishib, «Uchtepa» massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, davlat rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlarga ega bitta bir qavatli uyda 42 oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Prezident Jizzaxda xalq bilan muloqot qildi

 Bunday zamonaviy uylar qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatimizga va ertangi kunga ishonch tuyg‘usini yanada mustahkamlamoqda.

Yangi uylar «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda.

«Mahalla raisi va profilaktika inspektori har kuni har bir oilaning holidan xabardor bo‘lishi kerak», degan prezident.Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 18 massivda 866 uy-joy qurilishi mo‘ljallangan. «Uchtepa» massivida 6 ta 2 qavatli 16 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Mazkur uylar 1 sentyabrgacha foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. Davlat rahbari xalq bilan muloqot qilgan.

Manbaa:O'za
скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Yangi uylar foydalanishga topshirildi

Yangi uylar foydalanishga topshirildi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Uchtepa qishlog‘ida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi.  Bunday zamonaviy uylar qishloq

Jizzax viloyatida 2015-yilda namunaviy loyihalar asosida 690 ta uy-joy quriladi

Jizzax viloyatida 2015-yilda namunaviy loyihalar asosida 690 ta uy-joy quriladi
2009-yildan qurilishi boshlangan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar qishloqlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Chiroyidan ko‘z quvnaydi, dil quvonadi

Chiroyidan ko‘z quvnaydi, dil quvonadi
Jizzax viloyati mahallalari bugun kun sayin chiroy ochayotir: keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy turarjoylar, savdo va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ular
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: