18 апрель 2017

O’zbek mutaxassislarining Chexiyaga o’quv safari

2017 yilning 3-7 aprel kunlari BMTTD "Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash” loyihasi (2-bosqich) tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyati hokimiyati, moliya va iqtisodiyot boshqarmalari rahbar va yetakchi mutaxassislari uchun Chexiya Respublikasiga o’quv safari tashkil qilindi.O’quv safarining asosiy maqsadi Chexiya Respublikasining byudjet tizimi, mahalliy hukumatning byudjet sohasidagi vakolatlari, hududiy rivojlantirish dasturlari, hududlarda o’rta muddatli byudjetni amalga oshirish, rivojlantirish dasturlari va byudjet o’rtasidagi bog’liqliklar, byudjet sohasidagi mutaxassislarni malakasini oshirish va boshqa sohalardagi tajribasini o’rganishdan iborat.

O’zbek mutaxassislarining Chexiyaga o’quv safari

 O’quv safari mobaynida qatnashchilar Chexiya Respublikasi Moliya vazirligi, Janubiy Bogemiya viloyati, Praga 3 tumani va Davlat boshqaruvi instituti faoliyati bilan tanishdilar. Chexiya Moliya vazirligi mutaxassislari byudjet qonunchiligi, byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, byudjet jarayoni va uni amalga oshirish, shuningdek o’rta muddatli byudjet to’g’risida har tomonlama ma’lumot berishdi. Janubiy Bogemiya viloyatiga va Praga 3 tumaniga qilingan safarlar chog’ida qatnashchilar mazkur viloyat va tumanning byudjeti, byudjet jarayoni, davlat va mahalliy byudjet o’rtasidagi munosabatlar, detsentralizatsiya jarayonini o’rgandilar.

O’zbek mutaxassislarining Chexiyaga o’quv safari

 Davlat boshqaruvi instituti xodimlari o’zbek mutaxassislariga davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, byudjet sohasidagi mutaxassislar uchun mo’ljallangan kurslar to’g’risida so’zlab berishdi.

O’z navbatida o’zbek delegatsiyasi a’zolari O’zbekiston Resoublikasi byudjet tizimi, mahalliy byudjetlar, byudjetlararo munosabatlar, shuningdek hududlardagi yo’l va logistika tizimi to’g’risida ma’lumot almashishdi.
Mazkur o’quv safari Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi, Chexiya Respublikasi Moliya vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko’magi bilan tashkil etildi.


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI

JIZZAX SHAHAR HOKIMINING QARORI
Jizzax shahrining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjetning parametrlari to‘g‘risida      

O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xаlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI

O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati xаlq deputatlari Jizzax shahar Kengashining QARORI
SHahar mahalliy byudjetining 2015 yilgi kutilayotgan ijrosi va 2016 yilga belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida.    

Jizzaxda “Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar o’tkazildi

Jizzaxda “Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar o’tkazildi
Jizzax shahrida "Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining byudjet jarayonidagi vakolatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: