15 апрель 2017

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

Istiqlol barchamizga baxtli yashash zavqi va tarovatini hadya etdi. Biroq mustaqillikkacha bo‘lgan davrda mehnatkash o‘zbek xalqi boshiga ko‘plab sinovlar tushdi. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi esa millionlab oilalar boshiga kulfatlar soldi, turfa xalqlar boshidan ko‘plab azoblar o‘tdi.

Ana shunday bir paytda elining farovonligi uchun jon olib, jon bergan, mislsiz jasorat ko‘rsatgan o‘zbek farzandlarining fidoyiligi avlodlarga katta ibrat maktabi bo‘lajak. Ayni paytda Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yaqinlar, mahalla-kuy, keng jamoatchilik e'tiborida.

Kuni kecha Jizzax shahar hokimi A.To‘xtayev hamda bir guruh targ‘ibot vakillari ishtirokida ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

 

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

 

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

 

Jizzax shahridagi 10 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq taqdirlandi

 

 

2017-yil 4-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq nuroniylarga 2000 000 so‘m miqdorda pul mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi PQ-2865-sonli qaroriga muvofiq 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga "GM O’zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillardan navbatsiz shartnomaviy buyurtma orqali xarid qilishga doir imtiyozli huquq sertifikatlari, 500000 so‘m miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanalai ravishda topshirildi.

Mahalliy hokimliklar, "Nuroniy jamg‘armasi”, "Mahalla” hayriya jamoat fonldi bo‘limlari, "Kamolot” YoIH Jizzax shahar Kengashi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur taqdirlash tadbirlari nuroniylar bilan samimiy suhbat tarzida, o‘quvchi yoshlarning tabriklari aks etgan she'r va qo‘shiqlar bilan birgalikda yanada fayz oldi.

Keksalari hamisha e'zoz va ehtiromda bo‘lgan yurtimizda bu kabi tadbirlar Respublikamizning har bir go‘shasida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi

Prezident Islom Karimovning farmoniga binoan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni  9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi

Jizzaxda ikkinchi jahon urushi faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg’a qilindi
Ayni kunlarda mamlakatimizda "Navro’z” shukuhi hukm surayotgan bir vaqtda 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini holidan xabar olinmoqda. Bugun savob ish qilishga bel bog’lagan "Mahalla” xayriya
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: