01 апрель 2017

Ogohlik davr talabi

Diniy ekstremizm va terrorizm... Insoniyat boshiga minglab kulfatlar solgan balolar bir necha yillarki ko‘plab oilalar hayotini parokandalikka yo‘liqtirmoqda, uning oqibatida millionlab bolakaylar,ayollar hayotdan erta ko‘z yummoqda. Dunyo tinchligiga raxna soluvchi, millatlar totuvligiga barham beruvchi bu kabi illatlardan ogoh bo‘lish va yod g‘oyalarga aldanib qolmaslikni bugun zamonning o‘zi talab qilmoqda.

 

Ogohlik davr talabi

 

Ogohlik davr talabi

 Jizzax shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ayrim diniy oqimlarga qo‘shilib qolib, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan oila farzandlari, jabrdiydalarning afsusli hayot tarzi, diniy aqidaparastlik singari illatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jabrdiydalarning ota-onalari va yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faolllari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari E.Ismatov, "Mahalla” hayriya jamoat fondi shahar bo‘limi raisi I.Mo‘minov, viloyat bosh imom xatibi M.Jabborovlar ayni paytda yod g‘oyalar ta'siriga tushib, terrorizm, diniy ekstremizm singari yod g‘oyalarga aldanib qolgan fuqarolarning pushaymonlari, bu illat bir oila emas, butun mahalla va jamiyat uchun xavfli ekanligi, farzandlar tarbiyasida oila, ta'lim muassasasi, mahallaning tutgan beqiyos o‘rni borasida alohida ta'kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, Ishtirokchilarga "Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Baxs va munozara tarzida tutgan o‘tgan yig‘ilishda mahalla faollari va yoshlar mavzu borasida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

 

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Yoshlar tarbiyasi ustuvor vazifalardan biri

Yoshlar tarbiyasi ustuvor vazifalardan biri
Bugun Jizzax shahar hokimligi Majlislar zali hamda shahar hududida joylashgan Jizzax transport aloqa kasb-hunar kollejida "Ogohlik davr talabi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.      

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi

Diniy ekstremizm va terrorizm asr muammosi
Ma'lumki, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm ko‘plab oilalar, xalqlar boshiga mislsiz kulfat solmoqda. O‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bu kabi manqurt, razil

Oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligi davom etmoqda

Oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligi davom etmoqda
To‘g‘ri tarbiya, sog‘lom ma’naviy muhit, sifatli ta’limga oila-mahalla ta’lim muassasasining yaqindan hamkorligi orqali erishiladi.      
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: