01 март 2017

Diniy ekstremizm va fundamentalizmning hamda terrorizmga qarshi immunitet

Mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov "Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning xamjixatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq” nomli asarida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmning asl maqsadini ochib berganlar.

Mamlakatimizda mudxish va qabix niyat bilan uyushtirilgan terrorchilik harakatlari oqibatida o‘nlab begonox insonlar xalok bo‘ldilar. Avvalo, Ollohning o‘zi yurtimizni asradi, qolaversa, tinch, osuda xayotimizni ximoyalash, saqlash uchun o‘zining aziz jonini bergan fidoiy insonlar jasorati tufayli o‘nlab, balki yuzlab yurtdoshlarimizning xayoti saqlab qolindi, yovuz terrorchilar o‘z uyasida yanchib tashlandi.

Bu yovuz xarakatlar kimga qarshi va nimaga qarshi qartilgan? Va ularning oxir-oqibat maqsadi nima?

Bitta narsa xammamizga ayon bo‘lishi kerak. Bu portlashlarni ko‘r-ko‘rona bajargan, ongi past, kaltabin, miyasi zaxarlangan ijrochilar bor. Shuningdek, bularni uyushtirib, o‘z xalqiga qarshi jinoyatga yo‘llagan tashkilotchi va raxnamolari ham borki, ularni bir-biridan ajratish, har qaysisiga alohida baxo berish zarur. Faqat mana shunday ko‘z bilan qarab, bu voqyealarning tag-tomiriga yetib borishimiz mumkin.

O‘zbekistonni rivojlanishini ko‘raolmaydigan, ko‘p yillardan buyon yurtimizga qarshi qo‘poruvchi-terrorchilik harakatlarini olib borayotgan kuchlar va markazlarni, ularning razil qiyofasini o‘zimizga aniq tasavvur qilishimiz, uzoqni ko‘zlagan manfur niyatlarini tushunishimiz mumkin.

Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, g‘animlarimizning niyati-O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muxitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda o‘tkazayotgan hayotimizni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni konstitutsion tuzumini ag‘darish, tanlangan yo‘limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vaxima va qo‘rquv solish xisobidan ularning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati va o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat. Mazkur yo‘llar orqali zaminimizdagi boyliklarni uchinchi kuchlar tomonidan talon-taroj qilishdan iborat.

Bular o‘z maqsadlariga erishishlari uchun odamlarni avvalo, sodda, bilimi va xayot tajribasi past kishilarning ongi va tafakkurini chalg‘itishga urinadi. Ularni muqaddas dinimizga, uning asl qadriyati va boyliklariga bo‘lgan qiziqish va intilishlaridan g‘arazli niyatlarda foydalanadi. Bunday maraz va kabix niyatli kuchlar va markazlar juda chuqur o‘ylangan, katta mablag‘ bilan ta'minlangan, uzoqni ko‘zlaydigan dastur va rejalarga, eng zamonaviy vosita va imkoniyatlarga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda, barcha musulmon davlatlarni yagona xalifalikka birlashtirish maqsadi xam xech qanday aqlga sig‘maydigan afsona desak aslo xato bo‘lmaydi. Bularning hammasi o‘ta sodda, kerak bo‘lsa, barcha uydirmalarga laqqa tushadigan odamlarga qaratilgan va buni tushunish qiyin emas.

Avvalambor, ular yoshlarni o‘z ta'siriga oladi, ongini zaxarlaydi. Aqlxushini yo‘qotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qo‘liga qurol beradi. Ularni o‘z vataniga, o‘zini odam qilib voyaga yetkazgan el-yurtiga qarshi qo‘yadi. Terrorchilik harakatlari mana shunday aqidalar nayzasining zaxarli bir uchi xolos. Birinchi galda, terrorchilarni tayyorlaydigan zaminga, g‘oyaga, mafkuraga e'tibor berish, shularga qarshi kurashish kerak. Bolalarimizning ongini va xayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘qotadigan mana shunday g‘oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g‘oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g‘oyamiz kuchli bo‘lishi lozim. Avvalambor, o‘zimiz xayotning o‘zida sinalgan o‘z g‘oyamizga ishonib maydonga chiqarishimiz darkor. G‘alamislarga qarata, agar xalifalik tuzish g‘oyasi zo‘r bo‘lsa o‘zining insonlarga foydaliligini isbotlab ko‘rsatib ber deyish kerak.

Agarki, biz yurtimizda tinchlikni saqlamoqchi bo‘lsak, bir xalq, bir millat, bir musht bo‘lib yashamoqchi bo‘lsak, bu adashgan yurtdoshlarimiz xam o‘zimizdan chiqqanligini unutmasdan ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz kerak.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, mantiqiy bir xulosaga kelishimiz mumkin.bularning barchasini soxta g‘oyalarni tarqatish, sodda fikrlaydigan odamlarni chalg‘itish yo‘li bilan bugun mintaqalar va dunyoning xaritasini o‘zgartirishga, tinch yashayotgan xalqlarni razolat va jaxolat zamoniga qaytarishga, o‘z manfur maqsadi yo‘lida islom dinini qurol qilib olishga urinayotgan aqidaparast "doxiy”larning makkorona va o‘ta xavfli o‘yini desak aslo xato bo‘lmaydi.

Mamlakatimiz va butun mintaqa xavfsizligiga taxdidlar saqlanib turgan xozirgi sharoitda bizning vazifamiz-Qurolli Kuchlarimiz saloxiyatini yanada mustaxkamlashimizdan iborat. Shu sababli mamlakatimiz xavfsizligiga taxdid solayotgan mavjud xavf-xatarlarni yanada chuqurroq o‘rganishimiz va taxlil etishimiz kerak hamda shundan so‘ng mazkur taxdidlarga munosib javob qaytarishimiz zarur bo‘ladi.

 

A.Ahmedov

 

 

 

 


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Xalqaro terrorizm balosi

Xalqaro terrorizm balosi
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm bugun yoki kecha paydo bo’lgan ijtimoiy hodisa emas. Millat, din va fuqarolikni tan olmaydigan bu illatlar uzoq o’tmishga borib taqaladi. Shunday bo’lsa-da, ular

O‘zbekiston - diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yo‘lida

O‘zbekiston  - diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yo‘lida
Biz bugungi kunda murakkab zamonda yashamoqdamiz. So‘nggi paytlarda butun dunyo mamlakatlarini diniy ekstremizm va terrorizm xavfi tashvishga solishi bilan birgalikda, dunyoning turli mintaqalarida

Terrorizmga qarshi immunitet

Terrorizmga qarshi immunitet
Dunyo yaralibdiki, tinchlik-osoyishtalik insoniyat uchun tengsiz ne'mat bo‘lib kelmoqda. Chunki, birinchi galda osuda xayot, yaratuvchan mexnat va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: