28 февраль 2017

Упр.госкомконкуренции"O'ztransgaz": gaz ta`minotida uzilishlar bo'lmaydi


 


Фото:Sputnik

O'zbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni barqarorlashtirish bo'yicha keng miqyosli choralar ko'rilmoqda. "O'ztransgaz" kompaniyasi vakillari matbuot anjumanida shu haqda ma`lum qilishdi, deb xabar qilmoqdaSputnik agentligi.

Xususan, bugungi kunga kelib gaz ta`minotida uzilishlarga yo'l qo'ymaslik uchun 68,6 km gaz quvuri kapital ta`mirdan chiqarilgan, 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruksiya qilingan. Bundan tashqari, 7,2 ming kilometrlik gaz quvurining zichligi o'rganilgan va havo berib ko'rilgan. 5,6 ming kilometrlik yerosti quvurlarining holati o'rganilgan. 70,5 ming gaz taqsimlash punktlari tekshirib ko'rilgan. 

"Gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi punktlariga suyultirilgan gazni yetkazib berish bo'yicha alohida ishlar bajarilmoqda. Bu borada 2,5 mln xonadonga tabiiy gaz shu tarzda yetkazib beriladi. Bunda 60dan ortiq gaz to'ldiruvchi stansiyalar va punktlar aholiga xizmat ko'rsatadi. 200dan ortiq servis xizmatlari gaz ballonlarini tarqatish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, suyultirilgan gazni manzilga yetkazishda 237ta sisterna-vagonlar va 90ga yaqin avtosisternalardan foydalaniladi", — degan "O'ztransgaz" vakili. 

Soha ishchilarining ma`lum qilishicha, o'tgan yili respublika bo'ylab qo'shimcha ravishda 20ta gaz to'ldiruvchi punkt foydalanishga topshirilgan. Aholiga 528 mingga yaqin gaz ballonlari yetkazib berilgan. Shu bilan birga, MAN markali ikkita propan tashuvchi va 32 dona maxsus Isuzu avtomashinalari xarid qilingan. 

Gaz ta`minotidagi yana bir yangilik sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatda foydalanilgan gaz uchun to'lovni yig'ish bilan xususiy operatorlar shug'ullanadi. Bu boradagi taklif ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. 

Qayd etish joizki, hozirda O'zbekistonda aholining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun debitorlik qarzi juda katta mablag'ni tashkil etadi. Bu muammoning paydo bo'lishida ham iste`molchi va yetkazib beruvchi aybdor. Ba`zan iste`molchi to'lagan pullarni "O'ztransgaz"ning pul yig'uvchilari o'zlashtirgan bo'lsa, ba`zi hollarda ayrim iste`molchilar foydalanilgan gaz uchun haqni to'lamaslik uchun sohadagi ta`magirlarning "beminnat xizmati"dan foydalanishadi. Ayrim hollarda, iste`molchilarning o'zlari ham majburiyatlariga e`tiborsizlik bilan yondashishadi.

скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

O‘zbekistondagi 2300 ta mahallada yashovchi 2.5 milliondan ortiq iste'molchining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanadi

O‘zbekistondagi  2300 ta mahallada yashovchi 2.5 milliondan ortiq iste'molchining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanadi
Iste'molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, "O‘zbekenergo” AJning Investitsiya dasturlari asosida yangidan qurilayotgan "Talimarjon IES” UKda 450 MVt quvvatli va

O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshadi

O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshadi
"O‘zbekenergo” va "O‘ztransgaz” kompaniyalari 1-apreldan boshlab O‘zbekiston aholisi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari oshishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda "Daryo.uz” xabar bermoqda.

Jizzaxda go’sht narxi arzonlashmoqda

Jizzaxda go’sht narxi arzonlashmoqda
 Jizzax shahridagi bozor va savdo rastalarida sotilayotgan mol va qo’y go’shti uchun bir xil narh belgilanishi mumkin.
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: