10 февраль 2017

Yangi uylar foydalanishga topshirildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Uchtepa qishlog‘ida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi.
Bunday zamonaviy uylar qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini yanada mustahkamlamoqda.
Prezidentimizning 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlariga ega bitta bir qavatli uyda 42 ta oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan.

 

Yangi uylar foydalanishga topshirildi

 – Prezidentimiz qarori qishloq aholisini uy-joy bilan ta'minlashni yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega, – deydi "Uchtepa” qishloq fuqarolar yig‘ini mas'ul kotibi Zahro Egamberdieva. – Zamonaviy me'morlik andozalari asosida yangilangan loyihalar bo‘yicha kurilgan arzon uylarga qishlog‘imizda talabgor ko‘p. Bunday uy-joylar ayniqsa, yosh oilalar uchun juda qulay.

Yangi uylar qishloq fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda.
– Davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi bilan ko‘rkam va zamonaviy uch xonali uyga ega bo‘ldik, – deydi Shahnoza Rahmonova. – Bu yerdagi sharoitlar shahardagidan aslo qolishmaydi. Ko‘pdan buyon shunday uyda yashashni orzu qilib yurardik. Mamlakatimizda yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan yuksak e'tibordan minnatdormiz.
Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 908 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Jizzax shahrida 210 xonadonga mo‘ljallangan 5 ta 7 qavatli uy, 2 ta "Kamolot” uyi bunyod etiladi.

 

 

Toshqul Beknazarov, Sherzod Nazarov (surat), O‘zA


скачать dle 10.4фильмы бесплатно

Похожие новости:

Jizzaxda banklar tomonidan qurilgan yangi uylar foydalanishga topshiriladi

Jizzaxda banklar tomonidan qurilgan yangi uylar foydalanishga topshiriladi
Jizzax shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida tijorat banklari mablag‘i hisobidan qad rostlayotgan 5 ta ko‘p qavatli turarjoy binolari yaqin orada foydalanishga topshiriladi.    

Jizzax viloyatida 2015-yilda namunaviy loyihalar asosida 690 ta uy-joy quriladi

Jizzax viloyatida 2015-yilda namunaviy loyihalar asosida 690 ta uy-joy quriladi
2009-yildan qurilishi boshlangan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar qishloqlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Chiroyidan ko‘z quvnaydi, dil quvonadi

Chiroyidan ko‘z quvnaydi, dil quvonadi
Jizzax viloyati mahallalari bugun kun sayin chiroy ochayotir: keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy turarjoylar, savdo va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ular
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Код:
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Введите код: