20 июля 2017

Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 18 iyul kuni Jizzax shahar hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkiloti Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan "Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot faollari, tashkilot qoshidagi to‘garak o‘quvchilari, kollej bitiruvchilari, jamoat tashkilotlari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

 

Uchrashuvni Jizzax shahar hokimi A.Rahmonqulov ochib berdi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad, 27-30 iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Kamolot YIHning IV Qurultoyida muhokama etilgan dolzarb masalalar, yoshlarning hayoti, kelajagi yo‘lidagi turli imkoniyatlar borasidagi taklif va tavsiyalarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Jizzax viloyat va shahar hokimi yoshlar bilan uchrashdi

 Jizzax shahar yoshlarini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida yechish, ularning sifatli ta'lim olishi, izlanishlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar keng muhokama etildi. Shuningdek O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkiloti Jizzax viloyat Kengashi raisi A.Egamberdiyev so‘zga chiqib, tashkilotning kelgusidagi faoliyati, yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan amaliy ishlar bu borada yoshlarning faol ishtiroki borasida ma'ruza qildi. 

Yig’ilish davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rahbarlardan javob olishdi. Uchrashuvda viloyat hokimiU.Uzoqov ishtirok etdi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

 

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Jizzax Davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyida "Oila mustahkamligida nikoh yoshining ahamiyati” mavzuida O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat

Mahallalarda"Fidoiylar guruhi' shakllanmoqda

Mahallalarda
Ma’lumki, ko‘plab sohalarning rivojlanishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar

Ochiq ovoz berish yo’li bilan Boshlang’ich tashkilot yetakchisi saylandi

Ochiq ovoz berish yo’li bilan Boshlang’ich tashkilot yetakchisi saylandi
Jizzax shahridagi 1-sonli Musiqa va san’at maktabi faollar zalida Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.