19 июля 2017

VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT

Ma’naviy tarbiya barcha zamonlarda ham eng muhim vazifa sanalgan. Jizzax shahrida joylashgan 7359 va 7379 harbiy qismlarda ham ma’naviy-ma’rifiy o’quv mashg’ulotlariga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, unda harbiy xizmatchilarga turli mavzularda, jumladan, yurtimizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berib boriladi. Shu bilan bu yerda ta’lim tarbiya ishlari yuksak saviyada tashkil etilgan.

Tarixdan ham yaxshi ma’lumki, har bir mamlakatning tinch-osuda hayoti uning qudratli armiyasiga bog’liq bo’lgan. Shu sabab istiqlolning dastlabki yillaridanoq yurtimiz mustaqilligini munosib himoya qilishga qodir bo’lgan Qurolli Kuchlarni barpo etishga katta e’tibor qaratildi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi mustaqillikning chorak asri davomida ham izchil islohotlar amalga oshirildi. O’tgan yillar davomida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo’yicha taktik va srategik vazifalarni samarali hal etishga qodir milliy armiyamizni barpo etish bo’yicha o’zining ko’lami va miqyosiga ko’ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda olib borildi. Yurtboshimiz tomonidan "Milliy armiyamiz mustaqillikning tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” risolasida shunday ta’kidlagan edi, "Armiyaning kuch qudratini to’la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz Vatan va xalq o’z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o’g’lonlarimizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish endi dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go’zal hayotni o’zi va oilasi kelajak avlodlari uchun ham beg’ubor va boqiy saqlashga ma’sul ekanini teran his eta olsin”.

VATAN TINCHLIGI – ENG OLIY BAXT

 Mustaqillik biz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib, dunyo hamjamiyatida o’z o’rnimizni topishga zamin yaratdi. Shu bois, yurtimizning har bir fuqarosi mustaqillikni bebaho ne’mat sifatida qadrlab, uni asrab avaylashga, uning har bir kunidan samarali foydalanishga harakat qilishadi. Ayniqsa bunyorkorlik ishlarining kundan-kunga, yildan-yilga ko’lami kengayib, shahar va qishloqlarimiz o’zgacha chiroy ochmoqda. Yurtda tinchlik, osoyishtalik hukm surib, Vatan obod, xalq turmushi farovon kechmoqda. Mana shu farovon hayotni ta’minlashda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan o’g’lonlarning hissalari beqiyosdir.

Sh.Rajapov,7379 harbiy qism komandiri o’rinbosari, kapitan

dle 10.2 скачать , Быстрый торрент трекер КиноСвин рунета

Ўхшаш янгиликлар:

Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida

Qurolli Kuchlar tizimini takomillashtirish yo’lida
O’zbekiston tashqi siyosiy Konsepsiyasida bir qator prinspial ahamiyatga molik bo’lgan ilg’or progressiv g’oyalar o’z aksini topgan. Shuningdek, o’z hududida horijiy davlat harbiy bazalari va

VATANNI SEVMOQ LOZIM

VATANNI SEVMOQ LOZIM
Vatanni sevish, uning tuprog‘ini ko‘zlarga tutiyo aylash, sarhadlarini ko‘z-qorachigidek asrab-avaylash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bu masuliyatli burchni sharaf bilan bajarish esa

Giyohvandlik-umr kushandasi

Giyohvandlik-umr kushandasi
Joriy yilning 4 iyul kuni Jizzax shahridagi 7359 va 7379 harbiy qismlarda"Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni harbiy qism komandiri

Imtiyoz egalari taqdirlandi

Imtiyoz egalari taqdirlandi
Prezidentimizning 2015 yil 23 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)

Jizzaxda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi (Fotoreportaj)
    Viloyatda Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligi bayrami keng nishonlandi.